Rossiya kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi
Nashr qilingan sana: 24.09.2026 13:15:182026-yil 23-sentabr kuni Rossiya Mustaqil ko‘mir sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJga tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ko‘mir sanoati sohasida o‘zaro tajriba almashish, kasaba uyushmalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.
Rossiya delegatsiyasi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Kayumov tomonidan kutib olindi. Tanishuv jarayonida Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyati, xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, jamoa shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kasaba uyushmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
Delegatsiya a’zolari “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatov bilan uchrashdilar. Do‘stona muloqot davomida korxonaning faoliyati, ishlab chiqarish yo‘nalishlari, mehnat jamoasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ko‘mir sanoati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrifning ikkinchi qismi “Angren ko‘mir koni” filialida davom ettirildi. Rossiyalik mehmonlar Jamiyat Bosh muhandisi V.V. Kuznesov hamrohligida Angren ko‘mir konining kuzatuv maydonchasida bo‘lib, ko‘mir qazib olish jarayonlari hamda ishlab chiqarish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘mir sanoati va kasaba uyushmalari faoliyati sohasida o‘zaro tajriba almashish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash hamda kelgusida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Qizg‘in va o‘zaro manfaatli tarzda kechgan muloqot hamda tajriba almashinuvi kasaba uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Nodira G‘anieva,
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishlar boshqaruvchisi
.jpg)
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Aholi iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlari yangi tizim asosida yetkazib berilmoqda
Ayni kunlarda respublikamizda 2026–2027- yillar kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda. Vazirlar Mahkamasining 418-son qar...
O'qish
Qonunchilik talablarini tushuntirish ishlari davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini xodimlar...
O'qish
“Ko‘mirning rohatini uydagi odam biladi”
Ko‘mir qazish oson emas. Konchining ham, uni ishga olib borib, yana qaytarib keladigan haydovchining ham o‘z mashaqqati bor. Chang, loy, yozda jazirama issiq, qishda qahr...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonuniylik, shaffoflik va shaxsiy mas’uliyat
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobga...
O'qish