Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
Nashr qilingan sana: 01.10.2026 08:01:17Hurmatli ustoz konchilar, mehnat faxriylari!
Siz, aziz ustozlarimizni, barcha konchilarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Inson hayotida ustozning o‘rni beqiyos. Ustoz ‒ nafaqat kasb sirlarini o‘rgatuvchi, balki o‘zining mehnati, hayotiy tajribasi va ibrati bilan shogirdlarga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk inson. Shu ma’noda, konchilik sohasida yillar davomida shakllangan “ustoz-shogird” an’anasi alohida ahamiyatga ega.
Bugun mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika tizimida, xususan, ko‘mir sanoatida yangi davr boshlanmoqda. Sohada bozor mexanizmlarining joriy etilishi, raqobat muhitining shakllanishi, mahsulot sifati va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish darajasiga qo‘yilayotgan yangi talablar har birimizdan yanada katta mas’uliyat va tashabbusni talab etmoqda.
Konchilik ‒ mashaqqatli va sharafli kasb. Yer bag‘ridagi boylikni xalqimiz manfaati yo‘lida o‘zlashtirish oson emas. Bu vazifa katta bilim, tajriba, jasorat, temir intizom va eng muhimi, kasbga sadoqatni talab qiladi.
Bugun Jamiyat tizimida mehnat qilayotgan olti ming nafarga yaqin fidoyi inson ana shu sharafli mehnatni yelkasida ko‘tarib kelmoqda.
Davlatimiz tomonidan konchilar mehnatiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ham bu kasbga bo‘lgan hurmatning ifodasidir. Joriy yilda ham mehnat jamoamizning ikki nafar vakili yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Bu nafaqat ularning, balki butun konchilar jamoasining fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir.
Bugun oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri ‒ iste’molchilarni yetarli hajmda va sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash, ayniqsa, kuz-qish mavsumini xalqimiz uchun munosib o‘tkazishdir.
Shu maqsadda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, mahsulot sifatini yanada oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yosh kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu jarayonlarda siz, aziz ustoz konchilarning boy tajribangiz, tashabbuskorligingiz va fidoyiligingiz biz uchun katta tayanchdir.
Biz Jamiyatimizda ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib kelayotgan muhandis-texnik xodimlar, kon texnikasi va teplovoz mashinistlari, og‘ir texnika haydovchilari, quruvchilar, ta’minotchilar, ta’mirlovchi ustalar va jamiyatimizning barcha fidoyi xodimlariga chuqur hurmat va ehtirom bildiramiz.
Sizning mashaqqatli mehnatingiz xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyoti va energetik barqarorligimizga qo‘shilayotgan munosib hissadir.
Fursatdan foydalanib, barchangizni, ayniqsa, ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega ustoz konchilarimizni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ustoz-shogird an’anasi bardavom, mehnatingiz samarali, xonadonlaringiz fayzu barakaga to‘la bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Nodirbek Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Mehnatkash, g‘amxo‘r, chin so‘z ustozlarga ehtirom
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida 1-oktabr ‒ O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Angrendagi muhtasham “Hayot” tantanalar zalida tas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflik masalalari o‘rganildi
11 sentabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma e’lon qilindi. O‘tgan 16 kundan ortiq vaqt davomida unda jami 43...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Angren ko'mir konida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh direktorning matbuot kotibi va axborot siyosati...
O'qish