Ta’til yoki kasallik davrida bilim sinovidan o‘tish shartmi?
Nashr qilingan sana: 19.06.2026 10:45:42Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishi ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ammo bilim sinovi vaqti xodimning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davriga to‘g‘ri kelsa, bu holat qanday tartibga solinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 2025-yil 4-dekabrdagi 819-son qarori bilan tas-diqlangan “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish, malaka oshirish va bilimlarni tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish majburiy hisoblanadi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, tashkilot rahbarlari, mutaxassislari va xodimlarini mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish hamda ularning bilimlarini tekshirish tashkil etiladi.
Shuningdek, ish beruvchi xodimlarni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirishni tashkil etishi shart.
Nizom talablariga muvofiq, xodimlarning meh-natni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘z vaqtida o‘tishi, o‘qitilishi va bilimlarining tekshirilishi ustidan nazorat tashkilotning meh-natni muhofaza qilish xizmati zimmasiga yuklatilgan.
Ayni paytda, xodimning ta’til davrida yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) davrida bilim sinovidan o‘tishi majburiy hisoblanmaydi. Chunki mazkur davrda xodim mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan bo‘ladi.
Biroq xodim ish jarayonida korxona tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sinoviga uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, bu mehnat intizomini buzish sifatida baholanishi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Nizom talablariga ko‘ra:
– bilim sinovidan o‘tmagan yoki belgilangan muddatlarda o‘z bilimini tasdiqlamagan xodim mustaqil ravishda ish bajarishga qo‘yilmaydi hamda u bilan qo‘shimcha o‘qitish va qayta bilim sinovi tashkil etiladi;
– mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlari qoniqarsiz deb baholangan xodim bir oy ichida qayta tekshirish sharti bilan egallab turgan lavozimida ish haqi saqlanmagan holda qoldirilishi mumkin;
– qayta tekshirish natijasida ham bilimlari qoniqarsiz deb topilsa, bu xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Qayta bilim sinoviga sababsiz kelmaslik esa intizomiy jazo choralarini qo‘llashga asos hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sinovlarida ishtirok etish xodimning mehnat faoliyati davomidagi muhim majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta’til yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida bunday sinovlarda ishtirok etish talab etilmaydi. Xodim ishga qaytgach, belgilangan tartibda bilim sinovidan o‘tishi lozim.
Asror ISROILOV,
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ekologiya boshqarmasi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish