Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
Nashr qilingan sana: 13.03.2026 16:59:25“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni ana shunday fidoyi konchilar – “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali rahbari Marajab Tursunov hamda “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” filiali rahbari To‘lqin Abdujalilovlarni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marajab Tursunov 1957-yilda Angren shahrida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini yoshlikdan boshlab, ko‘mir sanoatida uzoq yillar samarali ishladi. Mehnatsevarligi, mas’uliyati va tashabbuskorligi tufayli turli lavozimlarda faoliyat yuritib, keyinchalik “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filialiga rahbarlik qildi. Uning rahbarligida korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
To‘lqinjon Abdujalilov esa ko‘p yillar davomida geologiya va qidiruv ishlarida faol ishtirok etib, ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shdi. U o‘z mehnat faoliyati davomida turli lavozimlarda ishlab, boy tajriba orttirdi va keyinchalik “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” filiali rahbari sifatida samarali faoliyat olib bordi. Uning rahbarligida amalga oshirilgan geologik qidiruv ishlari tarmoq rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.
Jamiyat ijro apparati faollar zalida tashkil etilgan va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hamda bosh muhandis V.Kuznetsov ochib bergan tadbirda so‘zga chiqqanlar ustoz konchilarning mehnatsevarligi, jamoaga sadoqati va yosh mutaxassislarga ustozlik qilganini alohida ta’kidladilar. Ularga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr va oilasi davrasida baxtli hayot tiladilar.
Tadbir yakunida ustoz konchilarga chuqur hurmat va ehtirom ramzi sifatida yelkalariga milliy zarbof to‘n kiydirildi, esdalik sovg‘alari hamda gullar taqdim etildi.
“O'zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish