Xalqaro jurnalda Angren konchilari faoliyati haqida keng maqola chop etildi
Nashr qilingan sana: 06.10.2026 13:30:52.jpg)
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining xalqaro va sohaviy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgani geologiya, konchilik va ko‘mir sanoati sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarga xalqaro miqyosda qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.
Navbatdagi ana shunday material Rossiyaning sohaviy nashrlaridan biri ‒ “Globus: geologiya i biznes” jurnalida e’lon qilindi. Maqola jurnalning 2026 yil oktabr oyidagi sonida chop etildi va uning elektro shaklif jurnali saytiga ham joylashtirildi.
Jurnalist Diana Andreeva qalamiga mansub “Konchi bo‘ldingmi, shu aminni sev!” (Nazvalsya gornyakom ‒ lyubi zemlyu!” sarlavhali maqolda O‘zbekistonning mineral-xomashyo salohiyati, mamlakatdagi ko‘mir sanoatining shakllanish tarixi, Angren ko‘mir havzining ahamiyati va bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritilgan.
Materialda, xususan, “O‘zbekko‘mir” AJning “Angren ko‘mir koni” faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Angren ko‘mir havzasi O‘zbekiston ko‘mir sanoatining asosiy bazasi sifatida qayd etilib, korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, geologik va marksheyderlik ishlari, gidrotexnik xavflarni nazorat qilish, ko‘mir qazib olish va uni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Maqolada bugungi kunda korxonada amalga oshirilayotgan muhim loyihalar ham keng yoritilgan. Jumladan, yangi ko‘mir omborini qurish, muhandislik kommunikatsiyalarini takomillashtirish, kon hududidagi transport va infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish ishlariga to‘xtalib o‘tilgan.
Shu bilan birga, materialda Angren ko‘mir havzidagi “Nishbosh” konini o‘zlashtirish loyihasiga ham alohida o‘rin berilgan. Mazkur loyihaning istiqbollari, kelgusida ko‘mir qazib olish hajmlarini oshirish va sifatli mahsulot bilan iste’molchilarni ta’minlash imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan.
Nashrda sohada mehnat qilayotgan geologlar, gidrogeologlar, marksheyderlar, kon ustalari, ekskavator mashinistlari, haydovchilar va boshqa mutaxassislarning kundalik mehnati ham alohida e’tirof etilgan. Xususan, Angren konchilari faoliyati, ularning tajribasi, mas’uliyati va ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy texnikadan samarali foydalanayotgani haqida fikrlar berilgan.
Nashrda korxonaga so‘nggi yillarda zamonaviy import texnika vositalari, jumladan, karer samosvallari, buldozerlar, avtogreyderlar, gidravlik ekskavatorlar va boshqa maxsus texnikalar keltirilgani ham qayd etilgan. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va konchilik jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishga xizmat qilmoqda.
“Globus: geologiya i biznes” jurnalida mazkur materialning e’lon qilinishi O‘zbekistonning ko‘mir sanoati, Angren konchilik hududi va “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati haqida xalqaro sohaviy auditoriyani xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, “Globus: geologiya i biznes” jurnali bilan hamkorlik izchil davom etmoqda. Jurnal sahifalarida O‘zbekistonning geologiya va konchilik sohalari, yirik korxonalar faoliyati, mutaxassislar mehnati va amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida materiallar muntazam ravishda e’lon qilib kelinmoqda.
Navbatdagi maqolaning jurnalning bosma sonida ham, elektron versiyasida ham chop etilgani ushbu hamkorlikning samarali va barqaror tus olganini ko‘rsatadi.
“O‘zbeko‘mir” AJ Axborot xizmati
Jurnalning elektron versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2026/10/globus93-globus93.pdf
Maqolaning elektron versiyasi jurnal saytiga ham joylashtirilgan:
https://www.vnedra.ru/2026/10/01/nazvalsya-gornyakom-lyubi-zemlyu/

Oxirgi yangiliklar:
OAV diqqatiga: “Ko‘mir ta’minotida yangi tizim ‒ yangi imkoniyatlar” mavzusida brifing o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlashda joriy yildan amal qilayotgan yangi tizim, birja savdolari, tadbir...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri, “Bunyodkor” mahallasi hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faol...
O'qish
Ustoz — konchilik kasbining buyuk maktabi
Har bir katta yo‘l ustozdan boshlanadi. Kasbning sir-asrorini o‘rganish, uning mashaqqati va mas’uliyatini anglash, eng muhimi, orttirilgan tajribani keyingi avlodga yetk...
O'qish