Xonqa tumani: mahalliy koʻmir jamoatchilik kuzatuvi ostida tarqatilmoqda
Nashr qilingan sana: 28.11.2022 10:05:15
Ayni kunlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qazib olinayotgan mahalliy koʻmir mahsulotining asosiy qismi qatʼiy grafik asosida aholi isteʼmolchilari uchun yoʻnaltirilmoqda. Mahsulot “Koʻmir taʼminot” MCHJ ning 101 hududiy koʻmir ombori va savdo shahobchalari orqali mahalla fuqarolar yigʻini taqdim etgan roʻyxat asosida jamoatchilik nazorati ostida tarqatilmoqda.
Bu esa qishda uyi koʻmir bilan isitiladigan aholi xonadonlarini mahalliy arzonlashtirilgan yoqilgʻi bilan toʻliq taʼminlash imkonini bermoqda.
Shu bilan birga, joylarda ishni tashkil etishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda mahalliy koʻmir taqsimoti haqida xabardorlikning yetarli emasligi aholi oʻrtasida baʼzi tushunmovchiliklar va noroziliklarga sabab boʻlayotgani ham sir emas.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ telegram-botiga “Koʻmir taʼminot” MCHJ Xorazm viloyati filialiga karashli Xonqa tuman koʻmir ombori mudiri S.Saparov faoliyati yuzasidan shu tumanda yashovchi fuqaroning murojaati shular jumlasidandir.
Ushbu murojaat "Koʻmir taʼminot" MCHJ Xorazm viloyat filiali rahbariyati tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi:
“Xonqa tumanida 14 ming 870 ta xonadon koʻmir yoqilgʻisiga talabgor boʻlib, ushbu xonadonlarga 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida 13 ming 117 tonna qattiq yoqilgʻisi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 7 ming 239 tonnasi yoki ehtiyojdagi mahsulotning 55 foiz tarqatildi, ‒deyiladi “Koʻmir taʼminot” MCHJ Xorazm viloyati filiali boshligʻi K.Jumaniyozov imzo chekkan javob xatida.
Koʻmir omborida soat 08-00 dan 18-00 gacha ish tashkil qilingan. Soat 18-00 dan keyin koʻmir tushirish, ortish va boshqa ishlar bilan shugʻullanish taqiqlangan.
Koʻmir omborida haydovchilar tomonidan navbat olinib, koʻmir yoqilgʻisi aholiga qimmat narxlarda, yaʼni bir tonnasini 200-300 ming soʻmdan tashib berilgan. Fuqarolar oʻziga tegishli boʻlgan transport vositalarida koʻmir yoqilgisi olib ketishda qiyinchiklar yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan aholi oʻrtasida noroziliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida fuqarolar navbatini kundalik roʻyxatga olish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, fuqarolar xarid qilingan mahsulotni oʻziga tegishli avtomashina va texnikada tashib ketiga imkoniyat yaratib berildi. Biroq bu hol ayrim xususiy tashuvchilarga yoqmagan.
Bugungi kunda koʻmir omborida yoqilgʻi tarqatish ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, jarayon ichki ishlar xodimlari hamda tuman hokimligidan berkitilgan xodimlar kuzatuvi ostida amalga oshirilmoqda".
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ haqida – xorij matbuotida
Rossiya Federatsiyasida chiqadigan “Globus”" jurnalining 2024 yil mart sonida “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatiga oid turkum materiallar chop etildi. “Jamiyatning “Apar...
O'qishSamaradorlik reytingida nechanchi o‘rinni egalladik?
Tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi natijalari e’lon qilindi. 2023 yil natijalari bo‘yicha 95 davlat tashkilotining, jumladan,...
O'qishMuhtojlar xolidan xabar olinmoqda
#Наврўз_йўқлови Yangilanish va yosharish faslining go‘zal bayramlaridan biri, milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati...
O'qishTog‘-kon uskunlarini sozlash zavodi – korxona tayanchi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga 11 ta ishlab chiqarish va yordamchi korxonalar bor. Ko‘mir qazib olishni uzluksiz ta’minlashda eng muhimi “Tog‘-kon uskunal...
O'qish