Xotira va qadrlash kuni – jasorat va sadoqatga yuksak ehtirom
Nashr qilingan sana: 07.05.2026 19:26:28
Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham xotira, inson qadri va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
“Kapital qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filiali faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda mehnat faxriylari, ijro apparati hamda filiallar xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuvda Vatan tinchligi va yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning hayot yo‘li va jasoratini yosh avlodga namuna sifatida targ‘ib etish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Tadbirni jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Ayumov ochib berdi. U o‘z so‘zida keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, keksalarga ehtirom va mehnat faxriylarini e’zozlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-aprelda qabul qilingan “9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. Mazkur hujjat asosida joylarda “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.
Tadbir mehmoni – Qobilbek Karimbekov Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, uning milliy tafakkurimizdagi o‘rni, inson qadrini ulug‘lash va tarixiy xotirani asrashdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdi.
Shuningdek, Orolmirzo Safarov ishtirokidagi bayram konserti tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Vatan, tinchlik va inson qadrini tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘nggida mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatilib, ularning ko‘p yillik samarali mehnati va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish