Matbuot anjumani: 2022 yil yakunlari va galdagi ustuvor rejalar
Nashr qilingan sana: 17.02.2023 07:27:01
2023 yilning 17 fevralida AOKAda "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida jamiyat bosh direktori oʻrinbosari Erkin Yakubov, bosh geolog Erkin Joʻrayev, marketing boʻlimi mutaxassisi Abdukarim Mirzaxonov, "Koʻmir taʼminot" MCHJ direktori oʻrinbosari Sarvar Rasulov sohada amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi ustuvor vazifalar xususida batafsil maʼlumot berdilar.
Jamiyat tomonidan 2022 yil yakuni bilan 5 073,9 ming tonna qazib olindi va reja (4 ming 800 tonna) 105,7 foizga bajarildi. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 200 ming tonnaga koʻp demakdir.
Hisobot yilida kaolin qazib chiqarish koʻrsatkichlarida ham oʻsish qayd etildi. Xususan, birlamchi kaolin qazib olish rejasi 210 ming tonna boʻlib, amalda bu koʻrsatkich 441,9 ming tonnani tashkil etdi. Ikkilamchi kaolin qazib olish hajmi 309,8 ming tonnaga teng boʻldi.
Yil davomida isteʼmolchilarga 5 319,7 ming tonna koʻmir yetkazib berildi. Ushbu koʻrsatkich tasdiqlangan rejaga nisbatan 825,7 ming tonnaga koʻpdir yoki reja 118,3 foizga bajarildi.
Bunda koʻmir konlarining ulushi quyidagicha boʻldi:
‒ "Angren" koʻmir koni ‒ 4 606,9 ming tonna (118,3 %);
‒ "Apartak" koʻmir koni ‒ 650,8 ming tonna (119,3 %);
‒ Shaxta usulida koʻmir qazib chiqarish ‒ 62,0 ming tonna (114,8 %).
Yetkazib berilgan koʻmir mahsulotlari quyidagicha taqsimlangan:
‒ issiqlik elektr stansiyalariga ‒ 3 674,7 ming tonna;
‒ byudjet tashkilotlariga ‒ 544,6 ming tonna;
‒ aholi isteʼmolchilariga ‒ 912,5 ming tonna.
2022 yilda 34,4 mln kub/metr hajmda kon ustini ochish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, amalda ushbu koʻrsatkich 17,4 mln kub/metrni yoki rejaga nisbatan 50,5 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida debitor qarzdorlik 429,9 mlrd. soʻmni tashkil qildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati ( oʻtgan yilning mos davri 183,2 mlrd.soʻm) 234,7 foizga tengdir.
Kreditor qarzdorlik 270,3 mlrd. soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati ( oʻtgan yilning mos davri 286,6 mlrd. soʻm) 94,3 foizni tashkil qildi.
Jamiyat tomonidan mahalliylashtirish dasturi boʻyicha tadbirlar izchil olib borilmoqda.
Hisobot davrida tizim tashkilotlari tomonidan 6,6 mlrd.soʻm ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarilish rejalashtirilgan boʻlib, amalda rejaga 6,9 mlrd. soʻm yoki reja 104,2 foizga bajarildi.
Shuningdek, yil davomida 50 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.
2023 yilda jamiyat tomonidan 5,3 mln tonna koʻmir qazib chiqarish rejasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlatishga kiritilgan.
"Koʻmir taʼminot" MCHJ:
2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida respublika aholisiga 882 ming tonna mahalliy koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu koʻrsatkich 918 ming tonna (104 % )ni tashkil etdi.
Byudjet tashkilotlariga 518 ming tonna mahalliy koʻmir tarqatildi.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 24.01.2023 yildagi 06-1-26-sonli topshirigʻi asosida joriy kuz-qish mavsumi uchun byudjet tashkilotlariga qoʻshimcha 35 ming 810 tonna koʻmir yetkazib berilmoqda.
Ayni kunlarda "Koʻmir taʼminot" MCHJga qarashli 89 ta hududiy koʻmir ombori va 12 ta shahobchasi faoliyat ishlab turibdi. Ular orqali 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun Respublika byudjet tashkilotlariga 545 ming tonna, aholi uchun 930 ming tonna mahalliy koʻmir mahsuloti tarqatish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining 29.09.2022 yildagi 551-sonli qaroriga asosan "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan portalni ishga tushirish hamda ijtimoiy sohalar va mahalliy hokimliklar bilan tegishli ishlar amalga oshirilib, kelgusi mavsum uchun haqiqiy talab shakllantirilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ matbuot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish