2022 yilda qancha murojaat kelib tushdi?
Nashr qilingan sana: 06.02.2023 02:01:222022 yil davomida "Oʻzbekkoʻmir" AJga jami 231 ta, shundan yuridik shaxslar tomonidan 14 ta (6%), jismoniy shaxslar tomonidan 217 ta (94%) murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu murojaatlar mazmuniga koʻra quyidagicha:
‒ koʻmir yetkazib berish va sifati boʻyicha kelib tushgan murojaatlar ‒26 ta;
‒ mehnat munosabatlari masalasi boʻyicha ‒ 178 ta;
‒ oylik maosh masalalari boʻyicha ‒ 8 ta;
‒ rahbar va mansabdor xodimlarning noqonuniy hatti-harakatlari masalalari ‒ 1 ta;
‒ moddiy yordam masalasi boʻyicha ‒ 4 ta;
‒ boshqa turli masalalar boʻyicha ‒ 14 ta.
Kelib tushgan 231 ta murojaatning 54 tasi (23,3%) ijobiy hal qilingan, 136 tasi (58,8%)ga tushuntirish berilib, 11 tasi (4,7%) rad etilgan.
Bundan tashqari "Oʻzbekkoʻmir" AJ telegram-boti orqali jami 5 ta murojaat qabul qilingan boʻlib, shulardan 2 tasi ijobiy hal etildi, 2 tasi boʻyicha tushuntirish berildi, 1 tasi esa koʻrib chiqilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir" AJning "Ishonch telefoni"ga yil davomida 7 ta murojaat kelib tushdi va ularda koʻtarilgan masala ijobiy hal etildi.
Murojaatlar orasida mehnat munosabatlari boʻyicha murojaatlar soni koʻp. Qayd etish kerak, jamiyat korxonalarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar muntazam ravishda yangilangan holda rasmiy veb-saytda joylashtirib borilmoqda. Afsuski, ish soʻrab murojaat qilayotgan talabgorlarning mutaxassisligi ushbu boʻsh ish oʻrinlariga har doim ham toʻgʻri kelmaydi. Shu bilan birga koʻpchilikda arizalarni onlayn topshirish koʻnikmasi yetarli shakllanmagan. Ular arizalarni onlayn topshirishda texnik yordamga muhtoj. Shu boisdan telegramda maxsus bot ochildi va bugungi kunda mutaxassislarimiz murojaatchilarning mavjud boʻsh ish oʻrinlari va ular boʻyicha onlayn ariza yuzasidan murojaatlari boʻyicha tushuntirish va yoʻnalishlar berib bormoqdalar.
Murojaatlar orasida ish haqi bilan bogʻliq murojaatlar ham koʻp boʻldi. Jamiyat ijro apparati bosh hisobxonasi tomonidan ushbu murojaatlar doimiy oʻrganib, imkon qadar ijobiy hal etib borilmoqda.
Bugungi kunda ish haqini vaqtida toʻlash boʻyicha mavjud muammolar bartaraf etilgan.
Qutlugʻ Teshabayev,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ fuqarolar murojaati boʻyicha yetakchi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida "Oʻzbekkoʻmir" AJ jamoasi yoshlari gʻoliblar safidan oʻrin egalladi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi. Unda turli tashkilotlar xodimla...
O'qish
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish