2025-yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirildi
Nashr qilingan sana: 04.03.2026 10:55:38“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil mobaynida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning ko‘plab filiallarida qator yangi texnologiyalar va ilg‘or yechimlar tatbiq etildi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat quvvatini tejash hamda ish jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu ishlar Prezidentimizning “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli qarori, shuningdek ushbu hujjatning 5-ilovasida belgilangan “Iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish”ni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan” prognoz ko‘rsatkichlariga erishish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Yil davomida jami 8 ta inno-vatsion loyiha ishlab chiqildi va filiallar uchun samarali qo‘llanildi.
Birinchi loyiha – qazib olishda texnologik transportlarga GPS tizimini o‘rnatish. Bu orqali transportlarning harakatini ku-zatish va yoqilg‘i sarfini aniq nazorat qilish imkoni yaratildi. “Duo Pro” XK bilan 27-avgustda shartnoma imzolandi, Komatsu va Belaz o‘ziag‘dargichlariga Tel-tonika GPS-trekerlari o‘rnatildi. Sinov natijasi shuni ko‘rsatdiki, GPS hisoblagich va an’anaviy yo‘l varaqasi orqali hisoblangan yoqilg‘i sarfi orasidagi farq 0,6%-0,2% ni tashkil etdi, bu esa samaradorlikni sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ikkinchi loyiha – o‘ziag‘dargich texnologik transportlarni radio-bog‘lanish tizimi orqali boshqarish. “O‘zbekko‘mir” AJ va “TBS inform” MChJ o‘rtasida shartnoma im-zolanib, ochiq konlarda ishlashni yengillashtiruvchi 54 komplekt Kirsun Mobil DMR TM840 (25W) VHF radioaloqasi joriy qilindi. Bu tizim mexanik va o‘ziag‘dargich haydovchilari orasidagi to‘siqlarni yo‘q qilish, ish jarayonini op-timallashtirish va xavfsizlikni oshi-rishda muhim ahamiyatga ega.
Uchinchi loyiha – ekska-vatorning uzun o‘lchamli to‘rt-burchak shakldagi o‘qlariga maxsus texnologik uskunalar orqali ishlov berish. Bu uskuna Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodida loyihalashtirildi va ishlab chiqarish jarayonida joriy etildi. Ilgari bunday ishlar boshqa korxonalarda amalga oshirilar, bu esa vaqt va resurslarning ortiqcha sarf qilinishiga sabab bo‘lar edi.
To‘rtinchi loyiha – lokomotivlar uchun motoro‘qli podshipniklar rezina vtulkasini qo‘yish jara-yonini takomillashtirish. Filial mu-taxassislari kokil qolip, (MOP), (SAM) sirk, aluminiy, magniy va mis qotishmalaridan foydalanib ishlab chiqarish jarayonini tako-millashtirdilar. Endi filialda loko-motivlar uchun zarur ehtiyot qismlarini o‘zimizda tayyorlash imkoni paydo bo‘ldi.
Beshinchi loyiha – suv isitish qozonxonalaridan chiqadigan za-rarli gazlarni to‘liq tutib qoluvchi havo tozalash qurilmalarini joriy etish. “Injener texnolog group” MChJ bilan 2-fevralda shartnoma imzolanib, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali qozonxonasida 95,5% samaradorlikka ega skru-ber o‘rnatildi. Bu qurilma yil-lik 285,57 tonna 2BZR ko‘mir mahsuloti orqali isitish jarayonida atmosferaga chiqarilgan 13,23 tonna zararli gazlarni to‘liq saqlab qoldi.
Oltinchi loyiha – qayta tik-lanuvchi energiya manbalari asosida ishlovchi quyosh suv isitish tizimi. “Sher legal profi” MChJ bilan shartnoma tuzildi va TTUSZ filialida tizim joriy etildi. Shu orqali yillik elektr energiyasi iste’moli 92 160 кВт·soatdan 43 200 kVt·soatga kamaydi. Bu ham iqtisodiy, ham ekologiyaviy jihatdan muhim natija.
Yettinchi loyiha – murakkab geologik qavatlarda yuqori aniqlikda burg‘ulash imkonini beruvchi zamonaviy ZEGA D490A burg‘ulash qurilmasi. “The United Label” MChJ bilan shartnoma asosida qurilma “Angren” ko‘mir koniga yetkazildi va iyunda to‘liq ekspluatatsiyaga topshirildi. 2025-yilda burg‘ulash ishlari 26 738 metr bajarildi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirdi.
Sakkizinchi loyiha – “Angren ko‘mir koni”da quyosh energiyasi asosida ishlovchi LED yoritish tizimi. “Alp Bahori” MChJ bilan shartnoma asosida 50 ta LED yoritgich montaj qilindi va filialning doimiy ekspluatatsiyasiga topshi-rildi. Aprel-dekabr oylarida iqtisod qilingan elektr energiyasi 104,688 ming kVt/soatni tashkil etdi, bu esa filial uchun katta iqtisodiy samara berdi.
Yil davomida amalga oshi-rilgan loyihalar ish jarayonini yengillashtirib, xavfsizlikni ta’min-labgina qolmadi, balki inson mehnatini qadrlash va ish sa-maradorligini oshirishga ham xizmat qildi.
Jamiyatda ilk marta “Yil-ning eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatori” tanlovi o‘tkazilib, filiallardan uch nafar xodim eng yuqori o‘rinlarni egalladi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
“O‘zbekko‘mir” AJning innovat-sion loyihalari va texnologiyalarni joriy etishi filiallar rivojiga, ishlab chiqarish jarayonini samarali va xavfsiz qilishga katta hissa qo‘-shmoqda. Bu esa resurslardan oqilona foydalanish, ish sama-radorligi va atrof-muhitni muhofa-za qilishga xizmat qiladi.
Javdod Fattaxov,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Суратда: "Энг яхши ихтирочи" танлови ғолиблари
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Halollik bor joyda baraka bo‘ladi
Korrupsiya – jamiyatni ich-ichidan yemiruvchi, adolatga, ishonchga va taraqqiyotga putur yetkazuvchi eng xavfli illatlardan biri. U mehnatga emas, manfaatga tayanadi, hal...
O'qish
Halollik bor joyda baraka bo‘ladi
Korrupsiya – jamiyatni ich-ichidan yemiruvchi, adolatga, ishonchga va taraqqiyotga putur yetkazuvchi eng xavfli illatlardan biri. U mehnatga emas, manfaatga tayanadi, hal...
O'qish
Qog‘ozsiz tizim – tezkor boshqaruv samarasi
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati va filiallarida ish yuritish tizimi zamon talablari asosida yangilandi. Elektron hujjat aylanmasi – EDO tizimi joriy etilishi natijas...
O'qish