Aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir tarqatilmoqda
Nashr qilingan sana: 26.11.2024 07:31:42
Yurtimizda sovuq kunlar boshlanib, hamyurtlarimiz, ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumi bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari holatini ko‘rsatadigan payt keldi.
Ayni kunlarda “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Farg‘ona viloyati filialiga qarashli 8 ta ko‘mir omborlarida aholi va ijtimoiy soha muassasalariga 2024-2025 yil kuz-qish mavsumi uchun mahalliy ko‘mir mahsuloti tarqatilmoqda. Ko‘mir omborlarida asosan Angren ko‘miri zaxira qilingan bo‘lib, uning bir kilogrammi 309,8 so‘mdan yetkazib berilyapti.

Belgilangan rejaga ko‘ra, viloyatda aholi va ijtimoiy soha muassasalari qariyb 250 ming tonna, aholi xonadonlari 200 ming tonna, davlat xususiy sheriklik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 34,1 ming tonna ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlanadi. Bugungi kunga qadar viloyatdagi 8 ta ko‘mir omboridan aholiga 127 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishiga erishildi.
Bu borada viloyatning olis va chekka hududlari ta’minoti alohida nazoratga olingan. Xususan, So‘x tumaniga muqobil yoqilg‘i yetkazishda 11 ta tashish avtotransporti tashkil etildi. Natijada So‘x tumani aholisiga 5712 tonna hamda ijtimoiy soha ob’ektlariga 3505 tonna ko‘mir yetkazilib, ta’minot masalasi to‘liq hal etildi.

Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga 661 tonna, “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘iniga 351 tonna, Rishton tumaniga qarashli “Cho‘ng‘ara” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi xonadonlariga 117 tonna hamda Beshariq tumanida joylashgan Vorrux Dasht mahallasida istiqomat qiluvchi aholiga 302 tonna, ya’ni, ehtiyojga qo‘shimcha – zaxirasi bilan ko‘mir yetkazib berildi.
– Bugungi kunga qadar Marg‘ilon ko‘mir omboridan 9,5 ming tonnadan ortiq mahsulot olinib, mavsum ehtiyoji uchun belgilangan rejadagi yoqilg‘ining 70 foizi tarqatildi, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi boshlig‘i Hotamjon Hamroliyev. –Tuman aholisiga har kuni o‘rtacha 230 tonna mahalliy ko‘mir mahsuloti imtiyozli narxda sotilmoqda.

Joriy mavsumda viloyatda ijtimoiy soha muassasalarida 456,6 ming tonna, aholi xonadonlari uchun 300 ming tonna va byudjet tashkilotlari uchun 156,6 ming tonna umumiy ko‘mir zaxirasi jamg‘arish rejalashtirilgan.
M.Sulaymonov, O‘zA
Oxirgi yangiliklar:
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" AJ da maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish