Aholiga ko‘mir tarqatish jadallashmoqda
Nashr qilingan sana: 04.10.2024 05:08:20“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida yil boshidan buyon qazib olingan ko‘mir yoqilg‘isi hajmi 4 mln. 852,8 ming tonnadan oshdi. Bu rejadagidan salkam 417 194 tonnaga ko‘pdir.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 3-oktabr holatiga joriy kuz-qish mavsumi uchun respublika aholi iste’molchilari uchun 342 950 tonna ko‘mir ortib yuborildi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ tasarrufidagi respublika hududiy ko‘mir omborlari orqali aholiga tarqatilgan ko‘mir hajmi 297 703 tonnadan oshdi. Bu mavsumiy rejaning 24 foizini tashkil etadi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJdan olingan tezkor ma’lumotlarga qaraganda, Sirdaryo viloyati aholisi 8 593 tonna (39 %), Xorazm viloyati aholisi 45 310 tonna (38 %), Surxondaryo viloyati aholisi 16 522 tonna (30 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi 209 898 tonna (29%) mahalliy ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlandi va hokazo.
Ayni kunlarda aholiga ko‘mir tarqatish uchun 102 ta hududiy ko‘mir ombori va shaxobchasi ishlab turibdi. 3-oktabr holatiga ushbu omborlarda 31 300 tonna zaxira mavjud.
Ma’lumot uchun, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan 2024/2025- yillar kuz-qish mavsumi uchun aholi iste’molchilariga 1 mln. 247 ming 119 tonna mahalliy ko‘mir sotish rejalashtirilgan.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish