Andijonlik iste’molchilar Angren konchilaridan minnatdor
Nashr qilingan sana: 19.09.2024 05:40:52Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Nishonov boshchiligidagi bir guruh viloyat faollari “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldilar.

Bosh direktor Vladimir Kuznetsov va korxona vakillari mehmonlarni iliq qarshi oldi. Bosh direktor huzurida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Vladimir Kuznetsov jamiyat faoliyati, ko‘mir qazib olish va uni iste’molchilarga ortib yuborish jarayonlari, sohadagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Nishonov aholini kuz-qish mavsumi uchun arzon va sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash dolzarb masala ekanligini, Angren konchilari bu borada jonbozlik ko‘rsatib ishlayotganini, andijonliklar bundan minnatdorligini ta’kidlab, viloyat hokimining salomini yetkazdi.
Angren konchilari uchun Andijon viloyati ahli nomidan ikkita “Isuzu” yuk avtomshinasida keltirilgan sabzavot va meva hamda poliz mahsulotlaridan iborat qishloq xo‘jalik mahsulotlari in’om qilindi.
‒ Tabiiy gazga ulanmagan aholi xonadonlarida qish payti ko‘mirdan foydalanish arzon va qulay. Ammo ko‘mirni qazib olish va iste’molchilar talabiga mos ravishda yetkazib berish oson emas. Bu o‘ta zahmattalab ish. Angren konchilari bu ishni sidqidildan ado etib, xalqimizni arzon va sifatli ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Biz viloyatimiz rahbari shuhrat Abdurahmonovning tashabbusi bilan bugun Angren konchilariga minnatdorlik bildirish uchun keldik, ‒ dedi Muhammadjon Nishonov. ‒ Mana, Angren ko‘mir konini, bu yerda qattiq yoqilg‘i qanday mashaqqatlar bilan qazib olinayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik, konchilar bilan suhbatlashdik va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladik. Biz konchilarimizni har doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero ishlab chiqaruvchi va iste’molchi doimiy munosabatda bo‘lib tursa, muammolarga o‘rin qolmaydi. Biz esa “Hormang, konchilar”, deymiz.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi


.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish