Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 09.01.2026 12:49:22
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy statistik ma’lumotlarni shakllantirish va davlat siyosatini asoslangan qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu tadbirni yuqori schaviyada tashkil etishda ishtirok emoqda. Xususan, jamiyatga biriktirilgan Beshariq tumanida mavzu yuzasidan seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlari orqali mahalliy xodimlar va mahalla vakillari tadbirga tayyorlanmoqda.
Tumanida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda ishtirokchilar ro‘yxatga olish jarayonlarining huquqiy asoslari, so‘rov varaqalarini to‘ldirish tartibi va elektron tizimga ma’lumot kiritish qoidalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, aholini xabardor qilish va ro‘yxatga olish ishlarining sifatli hamda shaffof o‘tishini ta’minlashga qaratilgan amaliy ko‘nikmalar berildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, aholi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi statistik ma’lumotlarni zamonaviy tizimda yangilash va davlat siyosatini asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur axborot bazasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar o‘z savollariga javob oldilar va ro‘yxatga olish ishlarini samarali, sifatli va shaffof amalga oshirish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Oxirgi yangiliklar:
Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi...
O'qish
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish