“Глобус: геология и бизнес” jurnalida Angren konchilari haqida maqola chop etildi
Nashr qilingan sana: 18.12.2025 17:30:21
Rossiya Federatsiyasida chop etilаdigan “Globus: geologiya i biznes” xalqaro jurnalining 2025-yil dekabr sonida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi maqola e’lon qilindi.
Angrenlik jurnalist Diana Andreyeva qalamiga mansub “Ustki qatlamlar uzra” (“Выше вскрыши”) sarlavhali maqolada keng qatlamli Angren ko‘mir havzasida yoqilg‘ini ochiq usulda qazib olishning geologik-texnik jihatlari atroflicha yoritilgan.
Xususan, maqolada ustki qatlamlarni katta hajmda olib tashlash jarayonlari, ag‘darmalar (otvallar)ning shakllanishi va ularning tarkibi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, ish jarayonida qo‘llaniladigan traktorlar, ekskavatorlar, buldozerlar hamda temir yo‘l transporti kabi og‘ir texnika vositalarining faoliyati ham yoritilgan.
Maqolada, shuningdek, «Angren ko‘mir koni» filialining 10-bo‘limi jamoasi, ularning mehnat faoliyati va tajribali mutaxassislari haqida qiziqarli hikoya qilingan.
📄 Maqola saytida:
🔗 https://www.vnedra.ru/glavnaya-tema/vyshe-vskryshi-29774/
📘 Jurnalning PDF-versiyasi:
🔗 https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2025/12/globus89-globus89.pdf

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish