“Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan illat ‒ korrupsiya balosidir"
Nashr qilingan sana: 26.02.2025 08:15:19

“O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida “Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat ‒ korrupsiya balosidir" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Jamiyatning “Moddiy texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filialida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati ‒ Komplaens inspektori Erkin Amanov ishtirok etdi.
Jarayonda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi va va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, davlat organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari va bunda davlat tashkilotlarining vakolatlari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Shu bilan birga manfaatlar to‘qnashuviga oid hollarga nisbatan ko‘riladigan choralar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish