Jamoa shartnomasi: huquq, kafolat va imtiyozlar muhokama markazida
Nashr qilingan sana: 06.08.2026 12:53:11“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallarda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir Jamiyatning “Standartlash, sertifikatlash va sifat nazorati” filialida tashkil etilib, unda kasaba uyushmasi va ma’muriyat vakillari hamda filialning 63 nafar xodimi ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Jamoa shartnomasining asosiy qoidalari, unda nazarda tutilgan mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normalar, shuningdek, xodimlar uchun belgilangan yangi ijtimoiy kafolatlar, mehnatni muhofaza qilish, ish haqi hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda shartnomaning ayrim bandlari yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Bunday tushuntirish tadbirlari Jamiyatning boshqa tarkibiy korxonalarida ham izchil davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Jamoa shartnomasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ hujjat hisoblanadi.

Oxirgi yangiliklar:
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish
Ko‘mir sohasidagi yangi islohotlar: bozor mexanizmlari va ijtimoiy himoya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori mamlakatda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish, bozor mexanizmlarini keng joriy eti...
O'qish
Islom sivilizatsiyasi markazi – ma’naviy-ma’rifiy sayohatning bosh manzili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimiz qold...
O'qish