Kasaba uyushmalari – mehnat sharafi va ijtimoiy adolatning asosi
Nashr qilingan sana: 07.11.2025 12:25:30Qadrli kasaba uyushmalari faollari, aziz hamkasblar!
Mana, beshinchi yildirki, mamlakatimizda 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni sifatida umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2020-yilning 23-noyabrida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu tashabbusning ilgari surilishi va amalga kiritilishi bejiz emas. Bu mehnatkashlar huquqlari va ijtimoiy manfaatlariga qaratilgan e’tiborining yaqqol namunasi bo‘lib, mamlakatimizda mehnat sharafi va ijtimoiy adolatning ustuvorligini ta’minlaydi.
Ushbu sana “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham bayram qilinadi. Jamiyatimiz respublika aholisi va sanoat korxonalari uchun zarur ko‘mirni qazib olish va yetkazib berishda yetakchi korxona bo‘lib, biz har bir konchi mehnatini yuksak qadrlaymiz. Angren konchilari va barcha xodimlar bu sharafli mehnat bilan haqli ravishda faxrlanadi.
So‘nggi yillarda energiya resurslariga talab ortib, uning bir qismini ko‘mir yoqilg‘isi sifatida ta’minlash dolzarb vazifaga aylandi. Shu bois jamiyatimizda qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari yildan-yilga ortib, konlarga zamonaviy texnika va texnologiyalar olib kelinmoqda. Ayni paytda konchi mehnati va ularning hayoti, salomatligi va farovonligi masalalari hamisha diqqat markazida turibdi.
Jamoa shartnomasi doirasida ish beruvchi va xodimlar huquqlari hamda majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgan. Ushbu hujjatda mehnat shartnomasi, bandlik kafolatlari, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat haqi va kafolatli to‘lovlar, mehnat intizomi va rag‘batlantirish, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, ayniqsa ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar aniq ko‘rsatilgan. Barcha bandlar bajarilishiga ish beruvchi tomonidan doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Filiallarimizdagi kasaba uyushmalari va ularning faollari hamkorlikda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish, xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. Biz barcha faollarni e’tirof etib, mehnatdagi fidokorona sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiramiz.
Barchangizni bayram munosabati bilan chin dildan tabriklayman! Yangi yutuqlar, sog‘liq-omad va mehnatdagi yuqori natijalar sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!
Nodirbek DUSMATOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktorining bayram tabrigi
Hurmatli konchilar, konchilik va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayrami – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xo...
O'qish
Konchilar mehnatiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
Mamlakatimiz yer osti boyliklariga nihoyatda boy. Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida konchilik va metallurgiya sohasiga qaratilayotgan kat...
O'qish
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tart...
O'qish
Konchilar birdamligi sport maydonida namoyon bo‘ldi
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Konchilar spartakiadasi” sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir...
O'qish