Ko‘mir sanoati: arzon va sifatli mahsulotga talab ko‘p bo‘ladi
Nashr qilingan sana: 06.03.2025 07:01:57Mamlakatimizda yil sayin ko‘mir qazib chiqarish ko‘rsatkichlari otib, ijtimoiy soha hamda sanoat tarmoqlari ehtiyojini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2025 yilda ko‘mir qazib chiqarish 9 million tonnaga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Yil sayin ko‘mirga talab ortib bormoqda va buning sababi arzon va ko‘plab qulayliklari borligida. Bu o‘z navbatida konchilar oldiga ko‘mir qazib olish sur’atini bosqichma-bosqich oshirish vazifasini qo‘yadi. Jarayonda ekskavator mashinistlari, uchastka boshliqlari, tog‘-kon ustalari, kon samosval haydovchilari va boshqa kasb vakillaridan iborat ahil jamoa o‘z vazifasini sidqidildan bajarmoqda.

Ayni paytda jamiyat tomonidan ko‘mirning asosiy qismi “Angren” va “Apartak” konlarida ochiq usulda qazib olish ishlari olib borilmoqda. Muhimi, bunda ilg‘or xorijiy tajribalar keng qo‘llanilib, ko‘mir qatlamlarini baholash va burg‘ilash ishlari me’yorida bajarilmoqda. Bunda xorijlik mutaxassislar, yirik kompaniyalar mutaxassislarining tajribalari ham qo‘l kelmoqda. Jumladan, Chexiya ko‘mir sanoati vakillaridan iborat delegatsiya “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yo‘llanmasi bilan kelgan ko‘mir sanoati va shu sohaga aloqador Chexiya korxonasi vakillari Angrenda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Angren ko‘mir koni” filiali markaziy dispetcherlik markazida tashkil etilgan tadbirda Chexiyada ishlab chiqarilayotgan ko‘mirni yer osti usulida qazib olishga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu kabi uchrashuvlar sohaning rivojlanishida muhim sanaladi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida qazib olinayotgan ko‘mir mahsuloti tasdiqlangan balans asosida to‘lig‘icha ichki ehtiyojlar uchun yo‘naltirilmoqda. O‘tgan yili Issiklik elektr stansiyalariga 3 632,8 ming tonna, byudjet tashkilotlariga 627,4 ming tonna, aholiga 1 362,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi. Xususan, 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 898,7 ming tonna, shundan aholiga 1 248,7 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 650 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.

O‘tgan yilning 31 dekabr holatiga ko‘ra byudjet tashkilotlariga shartnoma asosida 100 foiz mahsulot yuborildi, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ respublika hududiy ko‘mir omborlari orqali 377 ming 532 tonna (realizatsiya) mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. E’tiborlisi, bu jarayonda aholi uchun 1 tonna ko‘mir – 309,8 ming so‘mdan, byudjet tashkilotlari uchun esa 431,4 ming so‘mdan realizatsiya qilindi. Ko‘mir mahsulotlari aholiga hududlardagi MFYlar tomonidan shakllantirilgan hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlagan ro‘yxatga asosan “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublikadagi jami 90 ta hududiy ombori va 13 ta shoxobchasi orqali tarqatildi.
Hojiakbar Jumaboyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ marketing va mahsulot yetkazib berish bo‘limi boshlig‘i.
O‘zA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Zavodда “Zilzila” ҳолатидаги ҳаракатлар синовдан ўтказилди
29-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Tog‘ transport uskunalarini sozlash zavodi” filialida fuqarolar muhofazasi tuzilmalari, ishchi-xodimlar va volontyor qutqaruvchila...
O'qish
Korrupsiya haqida xabar berish – xavf emas, mas’uliyat
Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi. Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Korru...
O'qish
O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish