Press-tur : bozor mexanizmlari Angren ko‘mir konida qanday joriy etilmoqda?
Nashr qilingan sana: 25.09.2026 15:49:34
"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi.
ANGREN, 25-sentabr 2026-yil. ‒ “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan jurnalistlar va blogerlar uchun “Angren ko‘mir koni” filialiga press-tur tashkil etildi. Unda ko‘mirsanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish doirasidagi yangi tartib, aholi ehtiyojlariuchun ko‘mir yetkazib berish tizimi, Jamiyatning ishlab chiqarish salohiyati va 2026-yildagi rejalar bajarilishi haqida ma’lumot berildi.
Press-tur “Angren ko‘mir koni” filialining Markaziy dispetcherlik markazidagi matbuot anjumani bilan boshlandi. Unda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari E. Yakubov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va Jamiyat oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish bilanbog‘liq yangi tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30 iyuldagi 418-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Yangi tizimda aholi ehtiyojlariuchun ajratiladigan ko‘mirni hududlar kesimida taqsimlash, mahsulotni birjasavdolariga chiqarish, xususiy tadbirkorlar orqali yetkazib berish va sotuvjarayonlarini raqamli platforma orqali ochiq tashkil etish nazarda tutilgan.
Jamiyat tomonidan 2026-yilda aholi ehtiyojlari uchun 1 million 530 ming tonnamahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirda mahsulotni hududlar bo‘yicha taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalgaoshirilmoqda. Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari aholisi ehtiyojlari uchun birja savdolariga chiqarilgan ko‘mirning dastlabki partiyalari xususiy tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan. Ayni paytda shartnomalarni rasmiylashtirish hamda mahsulotni belgilangan hududlarga yetkazib berish ishlaridavom etmoqda. Matbuot anjumanida Jamiyatning ishlab chiqarish salohiyati va joriy yildagi ko‘rsatkichlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Jamiyat tomonidan 2026-yilda 5,8 million tonna ko‘mir qazib olinadi. Yilning dastlabki sakkiz oyida 3,7 million tonna ko‘mir qazib olinib, iste’molchilarga shuncha miqdorda mahsulot yetkazib berildi. Hozirda Jamiyat korxonalarida bir sutkada o‘rtacha 25 ming tonna qattiq yoqilg‘i qazib olinmoqda.
Ishlab chiqarish hajmlarini ta’minlash bilan bir qatorda konlarning ustkiqatlamlarini ochish, ish jarayonlarini takomillashtirish va mahsulot sifatiniyaxshilash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish bazasi “Angren” ko‘mir havzasi hisoblanadi. Korxona tarkibidagi 8 ta filialning 3 tasi bevosita ko‘mir qazib chiqarishbilan shug‘ullansa, qolganlari ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlaydi. Tizimda 6 ming nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.
Matbuot anjumanida “Angren ko‘mir koni”ning tarixi va ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, kon 1948 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, dastlab uning yillik quvvati 1,5 million tonnanitashkil etgan. Keyingi yillarda amalga oshirilgan rekonstruksiya va modernizatsiyaishlari natijasida ishlab chiqarish quvvati qariyb to‘rt baravarga oshirilgan.
Bugungi kunda konda qazib olish bilan bir qatorda ustki qatlamlarni ochish, ko‘mirni saralash va yuklash, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamdamahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot anjumanidan so‘ng press-tur ishtirokchilari kon hududiga tushirilib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishtirildi. Jurnalistlar va blogerlarga ko‘mirni qazib olish, saralash va yuklash jarayonlari, shuningdek, og‘ir kontexnikasining ishlash jarayoni namoyish etildi. OAV vakillari kon mutaxassislari bilan suhbatlashib, qazib olish texnologiyalari, mahsulotni saralash va yuklash, zamonaviy texnikadan foydalanish hamda ishlabchiqarish rejalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar oldilar.
Shu tariqa, press-tur doirasidagi matbuot anjumanida aytilgan ma’lumotlar kondagi amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirilib, jurnalistlarga “Jamieat faoliyatini bevosita kuzatish imkoni yaratildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
.jpg)
.jpg)

Oxirgi yangiliklar:
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish
Brifing: ko‘mir xarid qilgan ehtiyojmand oilalarga 600 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi
Joriy 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyat tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish va iste’molchilarga 7 million tonna yetkazib be...
O'qish
Ekskavator mashinistlari va ortish mashinasi mashinistlari kasblariga tanlov e'lon qilinadi
#vakansiya "O‘zbekko‘mir" AJning "Angren ko'mir koni" hamda "Transport" filialiga ekskavator mashinistlari va ortish mashinasi mashinistlari ishga qabul qilinadi. M...
O'qish