Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
Nashr qilingan sana: 21.08.2026 20:09:53“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida sportning besh turi bo‘yicha spartakiada o‘tkazildi.
Jamiyatning Ijro apparati sport zalida start olgan musobaqalarda jamiyatning barcha filiallaridan ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi. Spartakiada doirasida mini-futbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlanib, sport musobaqalari ko‘tarinki kayfiyat, sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar har bir bahsda o‘zlarining sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga intilishini namoyon etdilar.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, ayrim sport turlarida “Transport”, “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi”, “Angren ko‘mir koni”, “Idoraviy qo‘riqlash” hamda Ijro apparati jamoalari yuqori natijalarni qayd etdi.
Umujamoa hisobida esa barcha sport turlari bo‘yicha jamg‘arilgan ochkolar natijasiga ko‘ra:
– 1-o‘rin – “Transport” filiali
– 2-o‘rin – “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali
– 3-o‘rin – “Angren ko‘mir koni” filiali.
Spartakiada yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Ularga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar hamda dam olish maskanlariga yo‘llanmalar topshirildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi – Toshkent xalqaro marafonida!
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro marafoni” yuqori saviyada tashkil etildi. Nufuzli xalqaro spor...
O'qish
Mustaqillik kubogida “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi yoshlari gʻoliblar safidan oʻrin egalladi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi. Unda turli tashkilotlar xodimla...
O'qish
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish