Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
Nashr qilingan sana: 21.08.2026 20:09:53“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida sportning besh turi bo‘yicha spartakiada o‘tkazildi.
Jamiyatning Ijro apparati sport zalida start olgan musobaqalarda jamiyatning barcha filiallaridan ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi. Spartakiada doirasida mini-futbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlanib, sport musobaqalari ko‘tarinki kayfiyat, sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar har bir bahsda o‘zlarining sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga intilishini namoyon etdilar.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, ayrim sport turlarida “Transport”, “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi”, “Angren ko‘mir koni”, “Idoraviy qo‘riqlash” hamda Ijro apparati jamoalari yuqori natijalarni qayd etdi.
Umujamoa hisobida esa barcha sport turlari bo‘yicha jamg‘arilgan ochkolar natijasiga ko‘ra:
– 1-o‘rin – “Transport” filiali
– 2-o‘rin – “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali
– 3-o‘rin – “Angren ko‘mir koni” filiali.
Spartakiada yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Ularga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar hamda dam olish maskanlariga yo‘llanmalar topshirildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish
Jamoa shartnomasi: huquq va kafolatlaringizni bilasizmi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy hamda...
O'qish