Konchilikka bahshida umr sohibi
Nashr qilingan sana: 03.06.2024 02:37:57“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati texnologiya bo‘limi boshlig‘i Robert Usmanovich Yenikeev 60 yoshga to‘ldi. Shu munosabat yubilarni qutlash marosimi o‘tkazildi.

Jamiyat bosh direktori V.V.Kuznesov tomonidan unga II darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
R.Yenikeev 1964 yil 31 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent politexnika institutining kunduzgi bo‘limini foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tomomlagan.
Mehnat faoliyatini 1984 yilda “Donesko‘mir” ishlab chiqarish birlashmasi “Donbasssotsiologiyasi” shaxta boshqarmasida lahm o‘tuvchisiga shogirdlikdan boshlagan. “Qarag‘andako‘mir” ishlab chiqarish birlashmasida, “Molodyojnaya” shaxtasi, “O‘zbekko‘mir” AJda turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
R.Yenikeev 2019 yildan buyon hozirgi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish