Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Nashr qilingan sana: 17.09.2026 10:57:25Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida hududlarda maxsus o‘quv mashg‘ulotlari va amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida energetika ob’ektlarida favqulodda vaziyatlar, texnogen avariyalar va yong‘inlar yuzaga kelganda mas’ul xizmatlarning harakatlari, kuch va vositalarning shayligi hamda o‘zaro hamkorlik darajasi o‘rganilmoqda. Shuningdek, ob’ekt rahbarlari va mutaxassislariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ushbu tadbirlarda “O‘zbekko‘mir” AJ Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda. Mutaxassislar amaliy mashg‘ulotlar jarayonida energetika ob’ektlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish va zarur chora-tadbirlarni belgilashda ishtirok etmoqda.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari kuz-qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarga tezkor va samarali javob qaytarishga tayyorgarlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
O‘quv mashg‘ulotlarining borishi va amaliy jarayonlar ‒ videorolikda.
https://t.me/uzbekcoaluz/18294
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish