Milliy libos – faxru iftixor ramzi
Nashr qilingan sana: 18.07.2025 15:59:43
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi milliy an’analarni saqlash va targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Aksiyadorlik jamiyatida milliy urf-odatlar va an’analarni qadrlash, milliy o‘zlikni asrash va taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu maqsadda jamiyatda har haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida belgilangan. Bu tashabbus nafaqat ijro apparatida, balki barcha tizim korxonalarida ham qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Ayniqsa, ijro apparati xodimlarining milliy liboslarda xizmatga kelishi faoliyatga samimiy ruh, milliy iftixor va ichki mazmun bag‘ishlaydi. Biz milliy kiyimdagi ishchi-xodimlarning ish jarayonidan bir necha suratlarni tasvirga oldik. Suratlarda milliy do‘ppilar, atlas va adrasdan tikilgan liboslarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar – iftixorli yuzlar, qalbda milliy g‘urur aks etgan holda tasvirlangan.
“Milliy kiyim nafaqat ko‘zni, balki qalbni ham quvontiradi. Bu o‘zligimizning bir bo‘lagidir”, – deydi jamiyat xodimlaridan biri.
Milliy liboslar kunida maxsus ish kiyimi talab etilmaydigan bo‘limlarda ishlovchilar milliy uslubdagi kiyimlarda xizmatga kelishmoqda. Bu nafaqat qiziqarli va ko‘ngilochar an’ana, balki korxona ichida madaniy muhitni mustahkamlash va dillar birligini namoyon etishning samarali usulidir.
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida 6000 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qiladi. Ular turli millat vakillari hisoblanadi. Quvonarlisi, ushbu tashabbusga turli millat vakillari ham qo‘shilgan. Ular ham o‘zbek milliy kiyimlarini hurmat bilan qabul qilib, faxr ila kiyishmoqda.
Bu kabi amaliy ishlar milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish, jamoada birlik va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Milliy kiyim – bu faqatgina mato emas, u tarix, madaniyat va faxr timsolidir.
Ilhom Bazarbaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisi
.jpg)
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish