Muhim minerallar sanoatini rivojlantirish vazifalari belgilandi
Nashr qilingan sana: 15.06.2026 20:44:372026-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Ularning ijrosi muhim minerallar sanoati hajmini oshirish, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Joriy yilda qiymati 166 million dollar bo‘lgan 12 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada yangi metall turlari va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, sohada geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Davlat rahbari muhim minerallar sohasi mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va yangi sanoat tarmoqlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9304
Oxirgi yangiliklar:
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslagim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish