“Oʻzbekkoʻmir” aj: xalqaro hamkorlikning yangi ufqlari
Nashr qilingan sana: 04.01.2025 14:08:122024-yil “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati uchun xalqaro aloqalarni mustahkamlash va strategik hamkorlikni kengaytirish yili boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu yilda kompaniyamiz jahon koʻmir sanoatidagi oʻzining munosib oʻrnini yanada mustahkamlab, xalqaro hamkorlar orasida katta qiziqish uygʻotdi.
Yil davomida “Oʻzbekkoʻmir” AJga dunyoning turli davlatlaridan 22 xorijiy kompaniya va 78 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Mehmonlar korhonamizning asosiy mahsulotlari – koʻmir, kaolin, germaniy, alyuminiy, ohaktosh va boshqa foydali qazilmalarga qiziqish bildirishdi. Ayniqsa, Xitoy va Rossiya kompaniyalari faol tashabbuslari bilan ajralib turdilar.
Xitoy kompaniyalari Jamiyatimizning koʻmir qazib olish sohasiga sarmoya kiritishga alohida qiziqish bildirdilar. Xitoylik sarmoyadorlar konlarni rivojlantirish, yangi qazib olish konlarini barpo etishga qaratilgan bir qator investitsion takliflarni ilgari surdilar.
Shuningdek, ular ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, koʻmir qazib olish jarayonini avtomatlashtirish va yangi texnik vositalarni taqdim etish imkoniyatlarini taklif qildilar. Bu tashabbuslar ikki tomonlama manfaatli hamkorlik uchun mustahkam asos yaratadi va kelgusida koʻmir qazib olish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Rossiyalik mutaxassislar koʻmir sanoatida qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalarni taqdim etish va energetika uskunalari boʻyicha hamkorlikni kengaytirish takliflarini ilgari surdilar. Shu bilan birga, ular tomonidan konveyer lentalari va izolatsiya mahsulotlari boʻyicha innovatsion yechimlar taklif etildi.
Tashriflarning muhim jihatlari
Xorijiy delegatsiyalar tashriflari davomida «Oʻzbekkoʻmir» AJning bosh direktori va korxonaning turli boʻlimlari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda xorijiy mehmonlar korxonamizning texnik imkoniyatlari, koʻmir qazib olish jarayonlari va strategik rejalari bilan tanishishdilar. Shu bilan birga, bosh muhandislar, energetiklar, mexaniklar va texnik mutaxassislar xorijiy kompaniyalar tomonidan taklif etilgan mahsulot va xizmatlarni muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor koʻmir, kaolin va ohaktosh kabi foydali mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratildi. Mehmonlar, shuningdek, korxonaning innovatsion rivojlanish strategiyasi va xalqaro standartlarga mos keluvchi qazib olish jarayonlari bilan tanishishdilar.
Xitoy kompaniyalarining investitsion qiziqishi
Xitoy kompaniyalari tomonidan koʻmir qazib olish sohasiga investitsiyalar kiritish takliflari «Oʻzbekkoʻmir» AJ uchun muhim ahamiyatga ega boʻldi. Xitoylik sarmoyadorlar konlarni oʻzlashtirishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, koʻmir qazib olish quvvatlarini oshirish va koʻmir mahsulotlari eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish niyatlarini bildirdilar.
Bu investitsiyalar kelgusida korxonamizning xalqaro bozorga chiqishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, koʻmir qazib olish jarayonlarining samaradorligi oshadi va yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
2024-yil korxonamizga tashriflarning eng eʼtiborga loyigʻi Xitoyning «China Coal» kompaniyasi bilan amalga oshirilgani boʻldi. Bu uchrashuv nafaqat bilim va tajriba almashish, balki kelajakdagi oʻsish va rivojlanishimiz uchun katta ilhom manbai boʻldi. Kompaniya vakillari koʻmir qazib olish samaradorligini faqatgina texnikaning ilgʻor shakllari – zamonaviy ekskavatorlar, buldozerlar, hajmdor oʻzi agʻdargich kabi uskunalar bilan emas, balki barcha jarayonlarni puxta va mukammal tashkil qilish, resurslarni toʻgʻri boshqarish va jamoa ishini samarali yoʻlga qoʻyish orqali amalga oshirilishini taʼkidlashdi. Ularning bu qarashlari bizga yangi istiqbollarni ochib berdi va oʻz faoliyatimizni yangi darajaga koʻtarish zarurligini anglatdi.
Yil yutuqlari va kelajak rejalari
Kelgusida quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib borish rejalashtirilgan:
‒ xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish va yangi investorlarni jalb etish;
‒ zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish;
‒ koʻmir qazib olish hajmini va mahsulot sifatini oshirish;
‒ xorijiy mutaxassislar bilan oʻzaro tajriba almashish va innovatsion yechimlarni qoʻllash;
«Oʻzbekkoʻmir» AJ xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali oʻz salohiyatini namoyon qilishda davom etmoqda. Kelgusi yillarda ham biz samarali muloqot va tajriba almashish orqali yangi yutuqlarga erishishni maqsad qilganmiz.
Muhammadsoli Otabekov,
«Oʻzbekkoʻmir» AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va Davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish departamenti yetakchi mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Qora oltin” tafti qalblarga yorugʻlik va iliqlik olib kiradi
Voqealarga boy 2024-yil biz, Angren konchilari uchun samarali va omadli boʻldi. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tarixda ilk marta 6,7 million tonnadan orti...
O'qishSurxondaryoda Yangi yil oldidan yana 624 tonna ko‘mir tarqatildi
Respublikamiz hududlarida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini aholiga tarqatish ishlari davom etmoqda. Bugun, 31-dekabr kuni “Ko‘mir...
O'qishKoʻmir konida ish qizgʻin davom etmoqda
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda. Konchilar 31-dekabr - bayram kuniga qaramay, kon ustki q...
O'qish