“O‘zbekko‘mir” AJ: xarid tizimi to‘liq yangilanadi
Nashr qilingan sana: 20.04.2026 18:14:10“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG tomonidan keng qamrovli tekshiruv (forenzik tahlil) o‘tkazildi.
KPMG – dunyodagi yirik va nufuzli kompaniyalardan biri bo‘lib, 140 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va audit, soliq hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
Ushbu tekshiruv 2021–2024-yillar oralig‘idagi faoliyatni qamrab oldi. Jarayonda kompaniyaning xarid tizimi, ichki nazorat ishlari, hujjatlar bilan ishlash tartibi va axborot texnologiyalari holati batafsil o‘rganildi. Shuningdek, barcha jarayonlar amaldagi qonunlarga mos kelishi, boshqaruv qanchalik samarali ekani va nazorat tizimlari qay darajada ishlayotgani baholandi.
Tekshiruv natijasida “O‘zbek-ko‘mir” AJ uchun aniq taklif va rejalar ishlab chiqildi. Ular asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Xarid jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va barcha ma’lumotlarni yagona tizimga jamlash
– Ichki nazorat va komplayens (qoidalarga rioya qilish) tizimini kuchaytirish
– Xarid jarayonlarini yanada shaffof va samarali qilish.
Shuningdek, ombor va zaxiralarni boshqarishni yaxshilash ham muhim vazifa sifatida bel-gilandi. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
– Yagona ma’lumotlar bazasini yaratish
– Markaziy va hududiy bo‘linmalardagi mahsulot harakatini onlayn (real vaqtda) kuzatish
– Ortiqcha yoki keraksiz zaxiralarni aniqlash
– Ularni samarali sotish yoki foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Kompaniya ushbu o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni rejalashtirgan. Asosiy maqsad xarid tizimini xalqaro standartlarga olib chiqish, ochiq-likni oshirish va resurslardan unumli foydalanishdan iborat.
Bundan tashqari, “O‘zbekko‘mir” xalqaro ESG (atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etish ustida ham ish olib bormoqda. Shu maqsadda maxsus kompaniya bilan shartnoma tuzilgan.
Ushbu hamkorlik doirasida:
– ESG bo‘yicha diagnostika o‘tkaziladi
– Issiqxona gazlari va atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdori o‘lchanadi
– Kompaniya ko‘rsatkichlari xalqaro standartlar asosida baholanadi
– Boshqa ilg‘or kompaniyalar bilan taqqoslanadi (bench-marking)
– Qaysi yo‘nalishlarda rivojlanish kerakligi aniqlanadi va amaliy choralar ishlab chiqiladi.
Yakunda esa xalqaro standartlarga mos barqaror rivojlanish hisoboti tayyorlanib, jamoatchilikka ochiq tarzda taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Umuman olganda, “O‘zbekko‘mir” AJ o‘z faoliyatini zamonaviy talablar asosida yangilash, ochiqlikni oshirish va ish samaradorligini kuchaytirish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.
Oybek ISMAILOV,
“O‘zbeko‘mir” AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
“O‘zbeko‘mir” gazetasi, 2026-yil 20-aprel, 4 (106)-son
https://t.me/gazetalar_sharhi/41366
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish
Ko‘mir ta’minotida haqiqiy holat va qabul qilingan choralar
So‘nggi yillarda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari izchil oshib bormoqda. Xususan, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, m...
O'qish
Ko‘mirni yoqishdan ko‘ra, qayta ishlasa, qiymati oshadi
JamiyatTanlash Mulohaza Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi zamonaviy ishlab chiqarishlar bilan tanishuvini kuza...
O'qish
Birja savdolaridagi holat bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” AJning rasmiy izohi
Ijtimoiy tarmoq va elektron nashrlar axborot kanallarida “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati, jumladan birja savdolarida ko‘mir mahsulotlarini joylashtirish, jamiyatning kor...
O'qish