"O'zbekko‘mir" AJ Yoshlar ittifoqi Yetakchilari Kengashi raisi D. Abdurahmonovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 30.06.2025 17:50:54Aziz va g‘ayratli yoshlar!
Sizlarni har yili nishonlanadigan bayram — Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Yurtimiz kelajagi bo‘lmish siz aziz yoshlarning bilim, tashabbus va mas’uliyat bilan yashashingiz, mehnatga bo‘lgan munosabatingiz hamda jamiyatdagi faol ishtirokingiz barchamizda faxr va g‘urur uyg‘otadi.
"O'zbekko‘mir" AJda Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator mazmunli tadbirlar — rahbariyat va yoshlar uchrashuvi, “Zakovat” intellektual o‘yini, sport musobaqalari o‘tkazildi. Bu tadbirlar orqali yosh konchilarning intellektual salohiyati, jismoniy tayyorgarligi va tashabbuskorligi yanada yuzaga chiqdi.
Barchangizga sog‘lik-salomatlik, baxt, tinimsiz ilg‘orlik va omad tilayman. Yoshlik barchamizga quvonch, taraqqiyot va yuksak muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Davron Abdurahmonov
"O'zbekko‘mir" AJ Yoshlar ittifoqi Yetakchilari Kengashi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish