“O‘zbekko‘mir” AJ’da sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan amaliyot boshlandi
Nashr qilingan sana: 26.06.2025 17:09:06“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jamoaviy sport turlarini keng ommalashtirish, ishchi-xodimlar o‘rtasida jismoniy faollikni rag‘batlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2024-yil 4-dekabrdagi qarori ijrosi doirasida yo‘lga qo‘yildi.
Jamiyat Bosh direktori N.U. Dusmatov tomonidan tasdiqlangan joriy yil 26-iyundagi 232-sonli buyruqga muvofiq, ishchi va rahbar xodimlarning jismonan kamol topishi hamda jamoaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bunda ish vaqtidan keyin, haftasiga kamida bir marotaba sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi.
Buyruq bilan:
- 1-ilovaga muvofiq, Jamiyat ishchi-xodimlari uchun sport mashg‘ulotlari jadvali tasdiqlandi;
- 2-ilovada Jamiyatning futbol va voleybol klublari mashg‘ulotlari rejasi belgilab berildi;
- 3-ilovada esa filiallarda smena asosida ishlovchi xodimlar uchun jismoniy faollikni tashkil etish tartibi ko‘rsatib o‘tildi.
Sport klublari raisi M. Abdullaevga mazkur mashg‘ulotlarni reja asosida tashkil etish, jamoa a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va har hafta amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash vazifasi yuklatildi.
Shu bilan birga, Ichki va tashqi xaridlar boshqarmasi (A. Egamberdiev) sport anjomlari, zal jihozlari va tozalik vositalari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi. Jamoadagi sog‘lom hayot tarzini ommalashtirish maqsadida matbuot kotibi N. Dushayev tomonidan Jamiyatning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam axborot berilib boriladi.
Mazkur tashabbus nafaqat ishchi-xodimlarning sog‘ligini mustahkamlash, balki jamoada salbiy odatlardan yiroq, jips va samarali mehnat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Oxirgi yangiliklar:
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish