“O‘zbekko‘mir” AJning Angren ko‘mir koni filialida xayriya tadbiri o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 02.09.2025 11:24:10Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJning "Angren ko‘mir koni" filialida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan turli toifadagi ishchi xodimlar e’tiborga olindi. Ular orasida ko‘p yillar fidokorona mehnat qilgan nafaqadagi sobiq xodimlar bor. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida jarohat olganlar hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar ham kiritildi. Bundan tashqari, ilg‘or ishchi-xodimlarning ham holidan xabar olindi.
Ular uchun oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yordam to‘plamlari topshirildi.
Bu tadbir mehnatkashlarga hurmat ko‘rsatishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va insoniy qadriyatlarni yuksaltirishga qaratilgan.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish