Qog‘ozsiz tizim – tezkor boshqaruv samarasi
Nashr qilingan sana: 03.03.2026 12:51:33
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati va filiallarida ish yuritish tizimi zamon talablari asosida yangilandi. Elektron hujjat aylanmasi – EDO tizimi joriy etilishi natijasida qog‘oz sarfi keskin kamaydi, hujjatlar harakati tezlashdi, ijro intizomi esa yanada mustahkamlandi.
Ilgari ichki yozishmalar va xiz-mat hujjatlari devonxonada ro‘y-xatdan o‘tkazilgach rahbariyat hamda mas’ullarga qog‘oz ko‘-rinishida yetkazilar edi. Bu jarayon ortiqcha vaqt va resurs talab qilar, ayrim hollarda qog‘oz taqchilligi sababli kechikishlar ham kuzatilardi.
Endilikda hujjatlarni qabul qilish, ijroga yo‘naltirish, muddat-larni nazorat qilish va arxivlash jarayonlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Bugun ichki hujjatlar qog‘oz aylanmasisiz amalga oshirilmoqda. Natijada qog‘oz sarfi deyarli o‘n barobarga qisqardi, ish jarayonlari esa sezilarli darajada tezlashdi va osonlashdi.
Jamiyatimiz faoliyatida EDO tizimini amaliyotga samarali tatbiq etishda Unicon-Soft MChJ Toshkent viloyati Ang-ren shahar hududiy bo‘limi mutaxassislarining hissasi katta bo‘ldi. Bo‘lim boshlig‘i Nodirbek Kuchkanov rahbarligida jamiyat va filiallarda seminar hamda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Xodimlarga tizimdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Elektron hujjat aylanmasi ja-miyat faoliyatini soddalashtirib, shaffoflikni ta’minlamoqda. Avto-matlashtirilgan nazorat tizimi in-son omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytiradi, ijro intizomini ku-chaytiradi va ishchi-xodimlar vaqtini tejaydi.
Ayni paytda yangilik to‘laqonli qamrovga erishdi, deb bo‘lmaydi. Chunki respublikadagi barcha tashkilotlar ham hali to‘liq elektron hujjat aylanmasiga o‘t-magan. Shu bois ayrim xatlar va tijorat takliflari qog‘oz shaklida qabul qilinmoqda yoki elektron pochta orqali kelgan tashqi yozishmalarning bir qismi chop etilmoqda. Biroq zamonaviy tex-nologiyalar bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olsak, bu tabiiy jarayondir.
EDO – bu oddiy dastur emas, balki ish yuritish madaniyatining yangi bosqichi. U tezkorlik, mas’uliyat va samaradorlikni ta’minlaydi. Eng muhimi, vaqt va resurs tejalishi orqali ish sifati yuksaladi.
Bugun devonxona faoliyati mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi: qog‘ozlar qalashib yotgan joyni elektron tizim egalladi, kechikishlar o‘rnini tezkor qaror-lar, ortiqcha xarajatlar o‘rnini esa oqilona tejamkorlik egalladi.
Dilnoza MIRZAKULOVA,
“O‘zbekko‘mir” AJ devonxona mutaxassisi
“O‘zbekko‘mir” gazetasining 2026-yil 28-fevraldagi 2 (104)-sonidan olindi
Oxirgi yangiliklar:
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish