Quyosh kollektorlari qanday samara bermoqda?
Nashr qilingan sana: 23.07.2024 01:25:47“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslar o‘rnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida qayd etib o‘tildi.
Respublikamizda o‘tgan yili elektr va gazni tejash bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilingan edi. Xonadonlar va ijtimoiy ob’ektlarda o‘rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda. Bu borada “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan ishlar alohida diqqatga sazovordir.
Aksiyadorlik jamiyatimizning barcha filiallarida quyosh energiyasida ishlaydigan quyosh kollektorlari va suv isitgichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shu maqsadda 2022-2030-yillarga mo‘ljallab maxsus dastur ishlab chiqilgan. Ayni kunlarda ana shu dastur asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatining ma’muriy binolariga quyosh kollektorlari o‘rnatilgan. Ikki yil avval, ya’ni 2022-yilda jadvalga muvofiq umumiy quvvati 70 kVt bo‘lgan uchta quyosh kollektori o‘rnatish belgilangan edi. Prezident Administratsiyasiga taqdim etilgan reja-jadvalga muvofiq bu ishlar muvaffaqiyatli uddalandi. Jamiyatning Angren shahridagi ofisiga 30 kVt, Toshkent shahridagi ofisiga 10 kVt, “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali idorasiga 30 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi. O‘tgan 2023-yilda esa “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi”, “Avtomobil-texnologik transporti” hamda “Qurilish-montaj ishlari” filiallari 3 ming litr sig‘imli quyosh suv isitgichlari bilan, “Aloqa” (“E va TT”) filiali 10 kVtli, “Qurilish-montaj ishlari”, “Apartak” filiallari 30 kVt quvvatdagi quyosh panellari bilan ta’minlandi.
Joriy yilning aprel oyida “Temir yo‘l transporti” filialiga 6 ming litr sig‘imli suv isitgichi o‘rnatiladi. Yaqinda – 10 iyul kuni yana bir xarid shartnomasi tuzildi. Mazkur filialga 30 kVt quvvatdagi quyosh paneli o‘rnatiladi. Aksiyadorlik jamiyatining eng yirik tarkibiy bo‘linmasi – “Angren ko‘mir koni” filialiga ham 30 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu filialda o‘rnatilishi IV-chorakka rejalashtirilgan 6 ming litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmasini xarid qilish ishlari muddatidan oldin boshlangan, shartnoma chiqishi arafasida. Reja-jadval bo‘yicha “Avtomobil-texnologik transporti” filialiga joriy yilning sentabr oyida 10 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
O‘rnatilayotgan quyosh qurilmalariga dastlab maxsus mutaxassislar xizmat ko‘rsatib kelgan edi. Endilikda bu ishni “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filialining mutaxassislari amalga oshirmoqda. Shu maqsadda to‘rt nafar usta maxsus kurslarda o‘qitildi.
Shu o‘rinda “yashil” energetika samaradorligi bo‘yicha natijalarni ham keltirib o‘tish joiz. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan olti oyida oltita quyosh kollektori hisobiga 67 ming 192 kVt/soat elektr energiyasi tejashga erishildi. 2023-yil natijalariga ko‘ra, beshta quyosh paneli hisobiga 121 ming kVt/soat, to‘rtta suv isitgich hisobiga 129 ming kVt/soat elektr energiyasi jamiyatning o‘zida ishlab chiqarilgan edi.
Suv isitish kollektorlari hech qanday muammosiz muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Ammo quyosh panellari bir oz “parvarish” talab etadi. Ularni yozda changdan, qishda esa tushgan qordan muntazam tozalab turish kerak bo‘ladi. Quyosh kollektorlari kechasi “yaxshi ishlamaydi”, shu bois, masalan, Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodining tungi smena ishchilari ehtiyojlari uchun qo‘shimcha ravishda issiqlik nasosi sotib olindi va o‘rnatildi.
Aksiyadorlik jamiyatimizda “ya-shil” energetikaning keng joriy qi-linishiga bosh direktor V.V.Kuznetsov tomonidan katta e’tibor berilayotganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Sifatli quyosh kollektorlari va suv isitgich qurilmalarini sotib olishda Ichki va tashqi xaridlar boshqarmasi boshlig‘i Abror Egamberdiev va mutaxassis Inomjon Gaziev, quyosh qurilmalarini tanlash, o‘rnatilgach ishini kuzatib borish va kompyuter orqali ishlab chiqilgan elektr energiyasi ko‘rsatkichlarini olishda “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali texnik bo‘limi boshlig‘i Vladimir Shegay va Sergey Raxmanov boshchiligidagi usta mutaxassislar jamoasining ham xizmati katta bo‘lmoqda.
Firuza Shamsuddinova,
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh energetika xizmati yetakchi muhandisi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish