SAMARQAND VILOYATIDA KO‘MIR TA’MINOTI IZCHIL TASHKIL ETILMOQDA
Nashr qilingan sana: 29.06.2026 18:27:59Ayni kunlarda mamlakatimizda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada aholi, budjet tashkilotlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini qattiq yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda..
.png)
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari O. Ismailov ishtirokida Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Viloyatda “Ko‘mir ta’minot” MChJ filiali, 8 ta hududiy ko‘mir ombori va 2 ta savdo shaxobchasi faoliyat yuritmoqda. Ular orqali budjet tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi ijtimoiy ob’ektlar hamda aholiga ko‘mir yetkazib beriladi.
Joriy mavsumda viloyatdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy muassasalar uchun 72,4 ming tonna, davlat-xususiy sheriklik asosidagi 402 ta ob’ekt uchun 8,5 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, 1 114 ta mahallada yashovchi aholi ehtiyoji uchun 167,5 ming tonna 2BZR markali mahalliy ko‘mir ajratiladi.
Ko‘mir taqsimoti Mycoal.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ehtiyojlar mahalla raislari va hokim yordamchilari tomonidan shakllantiriladi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida ko‘mirni qabul qilish, saqlash va manzilli yetkazib berish ishlari to‘liq tashkil etilgan. Rejaga muvofiq, avgust oyiga qadar budjet tashkilotlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi ob’ektlarga mahalliy ko‘mirni to‘liq yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, zarur zaxiralarni oldindan shakllantirish va iste’molchilarni uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir”: mehnatga ehtirom – yuksak e’tirof
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shi...
O'qish
Haftaning har jumasi – “O‘zbekko‘mir”da sport kuni
Ertalabki badantarbiya, kun davomidagi jismoniy harakat, tushlik vaqti hamda ishdan keyingi sport mashg‘ulotlari sog‘lom hayot tarzining oddiy, ammo samarali odatlaridir....
O'qish
Yangi Konstitutsiyaviy qonun: nimani bilish muhim?
2026-yil 14-avgustda qabul qilinib, shu kuni kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiy...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”da davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida “O‘zbekko‘mir” AJ “...
O'qish