SAMARQAND VILOYATIDA KO‘MIR TA’MINOTI IZCHIL TASHKIL ETILMOQDA
Nashr qilingan sana: 29.06.2026 18:27:59Ayni kunlarda mamlakatimizda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada aholi, budjet tashkilotlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini qattiq yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda..
.png)
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari O. Ismailov ishtirokida Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Viloyatda “Ko‘mir ta’minot” MChJ filiali, 8 ta hududiy ko‘mir ombori va 2 ta savdo shaxobchasi faoliyat yuritmoqda. Ular orqali budjet tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi ijtimoiy ob’ektlar hamda aholiga ko‘mir yetkazib beriladi.
Joriy mavsumda viloyatdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy muassasalar uchun 72,4 ming tonna, davlat-xususiy sheriklik asosidagi 402 ta ob’ekt uchun 8,5 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, 1 114 ta mahallada yashovchi aholi ehtiyoji uchun 167,5 ming tonna 2BZR markali mahalliy ko‘mir ajratiladi.
Ko‘mir taqsimoti Mycoal.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ehtiyojlar mahalla raislari va hokim yordamchilari tomonidan shakllantiriladi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida ko‘mirni qabul qilish, saqlash va manzilli yetkazib berish ishlari to‘liq tashkil etilgan. Rejaga muvofiq, avgust oyiga qadar budjet tashkilotlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi ob’ektlarga mahalliy ko‘mirni to‘liq yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, zarur zaxiralarni oldindan shakllantirish va iste’molchilarni uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish