Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Nashr qilingan sana: 07.10.2025 16:50:55
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi.
Mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud texnik imkoniyatlari va zavod quvvatlari bilan batafsil tanishdilar. Jarayonda ularga zavod tog‘-kon transport texnikalarining asosiy uzellari va ehtiyot qismlarini ta’mirlash, qayta tiklash hamda ayrim detallarni mahalliylashtirish jarayonlari amalda ko‘rsatib berildi. Shu bilan birga, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish va ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Ma’lumot uchun, “Tog‘-kon uskunalarini ta’mirlash zavodi” filiali ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari va elektr uskunalarining to‘liq hamda joriy ta’mirlanishini bajaradi. Shuningdek, nostandart uskunalarni tayyorlash, ochiq kon ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlar va tog‘-kon asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, gazsimon kislorodni ishlab chiqarish, mahsulotlarni yetkazib berish ishlarini amalga oshirish bilan bir qatorda boshqa turdagi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Oxirgi yangiliklar:
Sarhisob: 2025-yilda ishlab chiqarish o‘sdi, raqamlashtirish va innovatsiyalar kengaydi
2026-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor va...
O'qish
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish