“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida uchrashuv
Nashr qilingan sana: 14.08.2026 18:06:59“O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “TTUSZ” filialida “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Unda “TTUSZ” filiali rahbari D. Kamalov hamda Bosh direktor maslahatchisi D. Abduraxmanovlar ishlab chiqarish jarayonlarida ilg‘orlik ko‘rsatib, munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdilar.
.jpg)
Samimiy muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiziqtirayotgan masalalar hamda fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, aksiya doirasida korxonada yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ularning mehnat faoliyati va kasbiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
.jpg)
Tadbir yakunida yosh mutaxassislarga ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, bilim va tafakkurini kengaytirishga xizmat qiluvchi badiiy hamda zamonaviy kitoblar sovg‘a qilindi.
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslakim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish
O‘z ishimni yaxshi ko‘raman: mehnatda o‘z o‘rnimni topyapman
Mustaqillik bayrami kunlarii barchada kayfiyat ko‘tariladi. Ko‘chalarda bayramona bezaklar, odamlarda shodlik, ish joylarida esa alohida harakat seziladi. “O‘zbekko‘mir”...
O'qish