Yoshlar ‒ giyohvandlik vositalariga qarshi
Nashr qilingan sana: 01.03.2025 03:22:00

28-fevral kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJ yosh xodimlari ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bўlib oʻtdi.
Hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasining soha vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi hamda “Oʻzbekkoʻmir” AJ rahbariyati qatnashishdi.
Yoshlar bilan mavzu doirasidagi muloqot davomida soha vakillari, hozirgi global zamonda giyohvandlikka qarshi kurashish, ushbu illatning salbiy oqibatlari hamda oldini olish choralari xususida atroflicha maʼlumot berib oʻtishdi.
Shuningdek, Jamiyat Bosh direktorining oʻrinbosari S.Shadmanov tadbir qatnashchilariga soʻngi vaqtlarda giyohvandlik oqibatida sodir etilayotgan jinoyatlar, qonun doirasida belgilangan jazo va bu kabi illatlardan yiroq boʻlish hamda, yosh avlodni bu kabi tahdidlardan himoya qilish yuzasidan muhim tavsiyalar berib oʻtdi. Jamiyat Yoshlar ittifoqi raisi D.Abdurahmanov bugungi kunda yosh kadrlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish, shuningdek turli salbiy illatlarga qarshi kurashish yuzasidan fikrlarni davom ettirdi.
Tadbir soʻngidaJamiyat xodimlariga giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan mazmundagi tarqatma materiallar tarqatildi hamda mavzuga oid videorolik namoyish etildi.


Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish