Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Nashr qilingan sana: 09.05.2025 08:17:59Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi
Hurmatli urush veteranlari va ko‘mir sanoati mehnat faxriylari!
Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Biz bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan ota-bobolarimiz, front ortida mashaqqatli mehnat qilib, g‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan hamyurtlarimizning yorqin xotirasi oldida hamisha bosh egamiz.
Shafqatsiz urushda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, urushdan keyingi tinch qurilish yillarida O‘zbekiston ko‘mir sanoatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan faxriy konchilarimizga yuksak hurmat va ehtirom bajo keltiramiz.
Bugungi dorilomon kunlar uchun shukrona aytib, Vatan ozodligi va xalq farovonligi uchun kurashgan qahramonlar haqida gapirar ekanmiz, tabarruk Ona siymosi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Chunki el-yurt himoyasini or-nomus ishi deb biladigan mard va botir o‘g‘lonlarni voyaga yetkazgan ulug‘ zot – onadir.
Ko‘mir sanoatining rivojlanishiga o‘z hayotida munosib hissa qo‘shgan ko‘plab o‘g‘lonlarni ham dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan onalardir.
Oldimizga qo‘yilgan ulkan maqsadlarga erishishda faxriylarimizning jasorati, shonli an’analari, hech shubhasiz, biz uchun hamisha ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, Sizlar barcha ishlarimizda dono maslahatgo‘y, tog‘dek tayanch bo‘lib, duolaringiz bilan madad berib kelmoqdasiz. Va biz buni yuksak qadrlaymiz, sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz!
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Oxirgi yangiliklar:
Ta’til yoki kasallik davrida bilim sinovidan o‘tish shartmi?
Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishi ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ammo bil...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish
Mukofotlash va koeffitsientlar qanday tartibda hisoblanadi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan onlayn ovozli chatlar orqali tashkil etib kelinayotgan muloqotlarda fuqarolar va jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan sa...
O'qish