Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlar monitoringi va tahlilini yuritish bo‘yicha mutaxassis (E va TT filiali)

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlar monitoringi va tahlilini yuritish bo‘yicha mutaxassis (E va TT filiali)

Kasb

Ommaviy axborot  vositalari va jamoatchilik bilan ishlash,  ijtimoiy tarmoqlar  monitoringi va tahlilini yuritish bo‘yicha  mutaxassis

Ish joyi

“O‘zbekko‘mir” AJ “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari filiali”

Okladi

2 235 600

Yoshi

22

Dan

60

Gacha

 

Ma’lumoti

Oliy

Qo‘shimcha kvalifikatsiya

-

Ish tajribasi

Kamida 1 yil

Bilishi kerak

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni  va  tegishli qonunlar, hukumat qarorlari hamda xizmat doirasi amal qilish zarur bo‘lgan nizomlar, yo‘riqnomalarni;  jurnalistika sohasida tajribaga egaligi, axborotni boshqarish nazariyasidan xabardor bo‘lishi; tajribali foydalanuvchi darajasida kompyuter texnikasi bilan ishlay bilishi, axborotlar tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; operativ ish uchun zarur bo‘lgan matnli materiallari tezkor tayyorlash va masofadan uzatishni amalga  oshirish;

Ishning tavsifi

Axborot xizmatining korxonada ochiqlik siyosati amalga oshirish,  shaffoflikni ta’minlash faoliyatida ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yadi, ijtimoiy tarmoqlar monitoringi va tahlilini yuritadi; korxona faoliyatini targ‘ib qilishga qaratib, PR va media strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ommaviy axborot vositalarida samarali yoritishni ta’minlaydi, jurnalistlar va inflyunserlar bilan aloqalarni o‘rnatadi, “inqiroz” holatlariga javob berishni boshqaradi; turli tadbirlar (uchrashuvlar, davra suhbatlari, rahbar va mutaxassislar ishtirokida brifing, press-tur, matbuot anjumani) tashkil etadi, ularga jurnalistlar jalb qiladi; OAVlar uchun press-relizlar va boshqa axborotlar tayyorlaydi, korxona faoliyatiga oid xabar va maqolalar yozadi, e’lon qiladi; OAVlarda korxona faoliyati bo‘yicha chop etilgan materiallar hamda tegishli bosma nashrlar arxivini shakllantiradi; OAV va jamoatchilik bilan ishlash sohasi bo‘yicha tahliliy hisobotlar tayyorlaydi va taqdim etib boradi.

Ish rejimi

09:00-18:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo‘shimcha shartlar

tashkilotchi bo‘lishi, OAV va jamoatchilik vakillari bilan foydali muloqot o‘rnata olishi; shahar ommaviy axborot vositalari jurnalistlari bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ya olishi; "Xavfsizlik bo'yicha yagona ish tizimi to'g'risidagi Nizom" asosida, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ko'rsatmalarining bajarilishini ta'minlash, prom. sanitariya va xavfsizlik, mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalariga rioya qilish.

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki ID karta, rezyume (obyektivka) diplom (bo’lsa), mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat. BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.)

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling