|
Kasb
|
Ishlab chiqarish katta ustasi
|
|
Ishjoyi
|
“O’zbekko’mir” AJ “Kapital qurilish montaj, ta’minot va ijtimoiy soha” filiali
|
|
Oklad
|
3 478 092
|
|
Yoshi
|
24
|
Dan
|
60
|
gacha
|
|
Ma’lumoti
|
Oliy texnik ma’lumot
|
|
Qo’shimcha kvalifikatsiya
|
|
|
Ish tajribasi (staj)
|
Ishlab chiqarish sohasida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi.
|
|
Bilishi kerak
|
Mazkur ishlab chiqarish sohasiga oid qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, uslubiy, me’yoriy va boshqa rahbarlik hujjatlari.Ishlab chiqarishni tashkil etish, ish jarayoni va boshqaruv tizimi, ishlab chiqarish texnologiyasi.Sexdagi barcha uskunalar va moslamalar turlari, ulardan texnik jihatdan to‘g‘ri foydalanish, uskunalarning to‘liq va oqilona yuklanishini ta’minlash hamda ularda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish.Texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.Mehnat huquqi asoslari.
|
|
Ishning tavsifi
|
- Sex ustalarining ishini boshqaradi, ularga uchastkaning ishlab chiqarish faoliyatiga oid barcha masalalar bo‘yicha farmoyish va ko‘rsatmalar beradi hamda ushbu farmoyish va ko‘rsatmalarning bajarilishini zarur darajada nazorat qiladi.Ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanish, uskunalarning to‘liq yuklanishi va to‘g‘ri ishlatilishi, butun smena davomida unumli ishlashni ta’minlashga ko‘maklashadi.Mahsulot ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq kunlik ishlab chiqarish topshiriqlarini belgilaydi hamda ishlab chiqarishning uzluksiz va maromida ishlashi uchun materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, asbob-uskunalar, moslamalar, texnik hujjatlar va boshqa zarur vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishini tashkil etadi.Xodimlar tomonidan texnologik jarayon, mehnat va ishlab chiqarish intizomi, ish joylaridagi tozalik va tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi. O‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo‘yicha shaxsan yo‘riqnoma beradi. Yo‘riqnoma o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli jurnalga qayd etadi va yo‘riqnomadan o‘tgan shaxslarning shaxsiy imzolari bilan tasdiqlanishini ta’minlaydi.O‘tish yo‘laklari va transport yo‘llarining to‘silib qolishiga, ish joylarining chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasdan, chiqindilar va tayyor mahsulotlarning o‘z vaqtida olib chiqilishini nazorat qiladi.Nazorat ustasi bilan birgalikda detallar, materiallar va uzellarni kirish nazoratidan o‘tkazishda ishtirok etadi. Detallarni tayyorlash, uzellar va buyumlarni yig‘ish jarayonida ularning sifatini tekshiradi. Shuningdek, nuqsonlar va brak mahsulotlar yuzaga kelish sabablarini o‘rganadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.Uskunalar va boshqa asosiy vositalardan texnik jihatdan to‘g‘ri foydalanishni, ularni ta’mirlash jadvallarining bajarilishini, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratishni, shuningdek, xodimlarga mehnat sharoitlariga muvofiq belgilangan imtiyozlarning o‘z vaqtida taqdim etilishini tashkil etadi.O‘ziga biriktirilgan uskunalar va moslamalarning texnik pasportlarini yuritadi.Barcha turdagi ishlarning faqat soz holatdagi uskunalarda, soz asboblar va nazorat-o‘lchash apparaturalaridan foydalangan holda, shuningdek, texnik shartlarga muvofiq materiallar asosida bajarilishini ta’minlaydi.
|
|
Ish rejimi
|
08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni
|
|
Maxsus va qo'shimcha shartlar
|
-
|
|
Talab etiladigan hujjatlar
|
Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarichasi yoki uni o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka)
|