|
Kasb |
Po‘lat va temir beton konsrtuksiyalar montajchisi |
|||
|
Ishjoyi |
“O‘zbekko’mir” AJ “Kapital qurilish montaj, ta’minot va ijtimoiy soha” filiali |
|||
|
Oklad |
2 022 924 |
|||
|
Yoshi |
22 |
Dan |
|
gacha |
|
Ma’lumoti |
O‘rta-maxsus yoki o‘rta |
|||
|
Qo‘shimcha kvalifikatsiya |
- |
|||
|
Ish tajribasi (staj) |
- Mutaxasisligi bo’yicha ish tajribasi kamida 2 yil |
|||
|
Bilishi kerak |
Titan qotishmalarining turlari, ularning payvandlash va mexanik xususiyatlari. Oldindan zo‘riqtirilgan armaturali konstruksiyalar va buyumlarni tayyorlash usullari. Murakkab konstruksiyalar qoliplarini yig‘ish qoidalari. Murakkab armaturalarni yig‘ish va o‘rnatish qoidalari hamda usullari. Maxsus beton qorishmalarining tarkibi (plastifikatorlar va superplastifikatorlar). Vibratsiya ta’sirida ishlaydigan uskunalar uchun poydevorlarga quyma detallarni betonlash usullari. Betonlash vaqtida montaj va quyma detallarni, jumladan, anker boltlarini o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar. Beton qorishmalari va tayyor beton sifatini tekshirish usullari. Shikastlangan va rekonstruksiya qilinayotgan konstruksiyalarni mustahkamlash usullari. |
|||
|
Ishning tavsifi |
Ustunlar, devorlar, to‘sinlar, plitalar, ko‘prik tayanchlari va oraliq tayanch qismlariga beton qorishmasini yotqizish. Qiyalik tekisliklariga (to‘g‘onlar, kanallar, dambalar va shu kabilarning qiyaliklariga) beton qorishmasini yotqizish. Atom elektr stansiyalari (AES) konstruksiyalariga maxsus va og‘ir beton qorishmalarini yotqizish. Qurilish maydonchalaridagi maxsus poligonlarda ko‘priklarning plitali oraliq qurilmalari bloklarini tayyorlash. Sementli silliq pollarni tasmalarga va kvadratlarga ajratib, qurish hamda ta’mirlash. Vakuumlash usuli yordamida silliq beton pollarni qurish. Beton pollarni qurish va ta’mirlash. Vertikal harakatlanuvchi quvurlar usuli bilan suv ostiga beton qorishmasini yotqizish hamda ko‘tariluvchi qorishma usuli yordamida suv ostidagi tosh to‘ldirmalar bo‘shliqlarini to‘ldirish. Sement sepgan holda metall silliqlagichlar bilan beton yuzalarini tekislash. Sement-beton yo‘l qoplamalarini qurishda harorat choklarini kesish va ularga ishlov berish. Sement-beton yo‘l qoplamalarining choklari va yuzalariga pardoz berish. Betonni elektr toki yordamida isitish va bug‘ bilan qizdirish. To‘g‘ri chiziqli shakldagi shitli qoliplarni qurish hamda barcha turdagi qoliplarning to‘g‘ri chiziqli elementlarini o‘rnatish. |
|||
|
Ish rejimi |
08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni |
|||
|
Maxsus va qo‘shimcha shartlar |
- |
|||
|
Talab etiladigan hujjatlar |
Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarichasi yoki uni o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka) |
|||