Kasb |
GAZ -5312 yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi
|
||||
Ish joyi |
“O‘zbekko‘mir” AJ “Apartak ko‘mir koni” filiali |
||||
Okladi |
1 730 674 gacha (2- razryad) |
||||
Yoshi |
|
||||
Ma’lumoti |
Oliy kasbiy ma'lumot, ko'mir sanoati sohasida mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo'lgan o'rta maxsus ma'lumot.
|
||||
Qo‘shimcha kvalifikatsiya |
- |
||||
Ish tajribasi |
Ishlab chiqarishda kamida 3 yillik tajriba
|
||||
Bilishi kerak |
- Avtomobil agregatlari, mexanizmlari va asbob-uskunalarining maqsadi, tuzilishi, ishlash prinsipi va xizmat ko‘rsatish tartibi, "C" va "E" toifalariga mansub transport vositalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari; avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida yuzaga keladigan nosozliklarning belgilari, sabablari, xavfli oqibatlari, aniqlash va bartaraf etish usullari; avtomobillar va tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining davriyligi va bajarish qoidalari; remontlararo yurish masofasini, avtoshinalar yurishini va akkumulyator batareyalarining xizmat muddatini oshirish usullari; yonilg‘i-moylash materiallarini tasnifi, asosiy xususiyatlari, sarf me’yorlari, saqlash qoidalari va tejash choralari; yo‘l harakati qoidalari; nomaqbul meteorologik sharoitlarda (NMSh) yo‘l-transport hodisalarini oldini olish usullari; yangi va kapital ta’mirdan chiqqan avtomobillarni aylash va yo‘l varaqalarini rasmiylashtirish qoidalari; yong‘inni o‘chirish qoidalari; gaz tashuvchi haydovchilar uchun: xatarli yuklarni tashish va bosim ostida ishlovchi idishlardan xavfsiz foydalanish qoidalari. |
||||
Ishning tavsifi |
-Avtomobillar toifasiga kiruvchi «S» toifadagi avtosamosvallarni boshqarish. Samosvalning ko‘tarish mexanizmini boshqarish. Yo‘lga chiqishdan oldin avtomobilning texnik holatini tekshirish: yurish qismi, tormozlar, rul boshqaruvi va yoritish tizimining sozligi yo‘l harakati qoidalari va texnik ekspluatatsiya talablari asosida. Nosozlik aniqlanganda – dispetcher yoki navbatchi mexanikni xabardor qilish. Avtomobilni yoqilg‘i, moylash materiallari va sovituvchi suyuqlik bilan to‘ldirish. Yog‘ni to‘ldirish yoki almashtirish. Yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish. Yuklarni ortish va tushirish uchun avtomobilni taqdim etish. Yukning xususiyatiga qarab (dondor, donasimon va boshqalar) avtomobil kuzoviga to‘g‘ri joylashtirilganini nazorat qilish. Ish jarayonida yuzaga keladigan, mexanizmlarni demontaj qilmasdan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish. Texnik yordam bo‘lmagan dala sharoitida sozlash ishlarini bajarish. Avtomobilni ta’mirlashda ishtirok etish. |
||||
Ish rejimi |
Smenali ish
|
||||
Maxsus va qo‘shimcha shartlar |
mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizligi bo'yicha qoidalar va ko'rsatmalarga rioya qilish, mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalariga rioya qilish. |
||||
Talab etiladigan hujjatlar |
Pasport yoki ID karta, rezyume (obyektivka) diplom (bo’lsa), mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat. BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM. |