Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (Ijro apparati)

Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (Ijro apparati)

​​​​​​​

Kasb

Xaridlar boshqarmasining xaridlarni tashkil etish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Ish joyi

O`zbekko`mir AJ

Oklad

3 369 37so`m (11-razryad)

Yoshi

30

dan

-

gacha

Ma’lumoti

   Iqtisodiyot, moliya, xaridlar, logistika, biznes boshqaruvi yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot.

Qo’shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

Xaridlar, ta’minot, logistika yoki tegishli yo‘nalishlarda kamida 3 yil ish tajribasi.

Bilishi kerak

 xaridlarni tashkil etish va amalga oshirish tartibi;

 xarid jarayonlarining asosiy bosqichlari va tamoyillari;

 xaridlar sohasidagi amaldagi qonunchilik va ichki me’yoriy hujjatlar;

 xaridlarni rejalashtirish va xarid ehtiyojlarini shakllantirish asoslari;

 yetkazib beruvchilar bilan ishlash va tijorat takliflarini baholash usullari;

 xarid shartlarini tahlil qilish va muzokaralar olib borish asoslari;

 xaridlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va xarajatlarni optimallashtirish usullari;

 xarid hujjatlarini tayyorlash va yuritish tartibi;

 elektron xarid tizimlari va axborot texnologiyalaridan foydalanish asoslari;

 Excel va boshqa ofis dasturlarida ishlash;

 xizmat yozishmalari va hisobotlarni tayyorlash tartibi.

Ishning tavsifi

 Tashkilotning tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan xarid ehtiyojlarini shakllantirish va umumlashtirishda ishtirok etish.

 Xaridlarni belgilangan reja, muddat va tasdiqlangan ehtiyojlar asosida tashkil etish.

 Xarid jarayonlarini amaldagi qonunchilik va tashkilotning ichki tartib-taomillariga muvofiq amalga oshirish.

 Xarid predmetlari bo‘yicha bozorni o‘rganish, potensial yetkazib beruvchilar va mavjud takliflar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish.

 Xaridlarning maqbul shartlarini aniqlash, shu jumladan narx, yetkazib berish muddati, to‘lov shartlari, kafolat va boshqa tijorat shartlarini tahlil qilish.

 Yetkazib beruvchilarning tijorat takliflarini qabul qilish, tizimlashtirish va belgilangan mezonlar asosida tahlil qilish.

 Xaridlar bo‘yicha zarur hujjatlar, texnik topshiriqlar, so‘rovlar, taqqoslama jadvallar va boshqa materiallarni tayyorlashda ishtirok etish.

 Xarid jarayonlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.

 Yetkazib beruvchilar bilan xarid shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borishda ishtirok etish.

 Xaridlar natijalarini tahlil qilish, xarajatlarni kamaytirish va xaridlar samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash.

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

 

Talab etiladigan hujjatlar

 Pasport yoki  ID karta, diplom yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma (ob’ektivka)BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

​​​​​​​

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling