|
Kasb |
Konchilik yetakchi muhandisi |
|||
|
Ishjoyi |
“O`zbekko`mir” AJ |
|||
|
Oklad |
3 369 377 so‘m ( 11 razryad) |
|||
|
Yoshi |
30 |
Dan |
- |
gacha |
|
Ma’lumoti |
Konchilik, konchilik muhandisligi, foydali qazilmalarni qazib olish yoki tegishli texnik yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot. |
|||
|
Ish tajribasi (staj) |
Konchilik sohasida muhandislik lavozimlarida kamida 3 yil ish staji. |
|||
|
Bilishi kerak |
Konchilik ishlarini tashkil etish va olib borish qoidalari; foydali qazilmalarni qazib olish texnologiyasi; kon uskunalari va mexanizmlaridan foydalanish talablari; mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ekologik talablar; kon-geologik sharoitlar; texnik hujjatlarni yuritish va hisobotlarni tayyorlash tartibi; ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va nazorat qilish usullari.
|
|||
|
Ishning tavsifi |
Konchilik ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Qazib olish va ochish ishlarining tasdiqlangan texnologik va loyiha yechimlariga muvofiq bajarilishini nazorat qilish.
Kon ishlarining samaradorligi, xavfsizligi va belgilangan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash.
Kon-geologik sharoitlarni tahlil qilish va ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillarni baholash.
Kon mashinalari, mexanizmlari va texnologik uskunalaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Kon ishlarini rivojlantirish bo‘yicha texnik takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ishlab chiqarishdagi muammolar va texnologik kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
|
|||
|
Ish rejimi |
8-00 dan 17-00 gacha 5 kunlik ish haftasi |
|||
|
Talab etiladiganhujjatlar |
Pasport yoki ID karta, diplom yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma (ob’ektivka)BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM. |
|||