Temir yo`lda ta‘mirlash bo‘yicha chilangar («Transport» filiali)

Temir yo`lda ta‘mirlash bo‘yicha chilangar («Transport» filiali)

​​​​​​​

Kasb

Temir yo`lda ta‘mirlash bo‘yicha chilangar

Ishjoyi

«O’zbekko’mir» AJ «Transport» filiali (Teplovozlarni ta‘mirlash deposi)

Oklad

 1 338 363 so’m (2- razryad)

Yoshi

21

dan

 

gacha

Ma’lumoti

Yo'nalishi bo'yicha o`rta-mahsus ta'lim 

 

Ish tajribasi (staj)

Temir yo`l sohasida kamida 1 yil mehnat staji

Bilishi kerak

Temir yo‘l iziga xizmat ko‘rsatish mashinalari va uskunalarini ta’mirlash bo`yicha chilangar  harakatlanuvchi tarkib hamda temir yo‘l iziga xizmat ko‘rsatuvchi mexanik qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha barcha ishlarni bajaradi. Temir yo`lda ta’mirlash bo`yicha chilangar  yuk va maxsus vagonlarning ayrim uzellari hamda agregatlarini qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi, nosoz uzellar, detallar va konstruktiv qismlarni almashtiradi, ularni o‘rnatib, sozlaydi hamda barcha zarur mexanik yig‘ish va dastgoh ishlarini amalga oshiradi. Yo‘l mashinalari va mexanizmlarini ta’mirlashga ixtisoslashgan chilangar o‘z ish jarayonida qo‘l asboblari, elektromexanik qurilmalar va asboblar, maxsus jihozlar hamda o‘lchov vositalaridan foydalanadi.

Ishning tavsifi

Mashina va mexanizmlarni sinovdan o‘tkazish, ularning texnik holatini aniqlash; 

  Harakatlanuvchi tarkib va ​​temir yo‘l infratuzilmasining ayrim uzel va agregatlaridagi nuqson hamda nosozliklarni aniqlash;

Yo‘l ta’mirlash mashinalari va mexanizmlarini qismlarga ajratish hamda yig‘ish;

Detal va uzellarni o‘rnatish, shu jumladan, sozlash ishlarini bajarish;

Ta'mirlash ishlarida qo‘l yoki elektr asboblaridan foydalanish;

Harakatlanuvchi tarkibning yurish qismi, dvigatellari va ulash mexanizmlarini ta'mirlash;

Ayrim butlovchi qismlar va uzellarning texnik holati hamda ishonchliligini baholash bo‘yicha diagnostika ishlarini bajarish;

Ta'mirlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi standartlari hamda ish tartib-qoidalariga rioya qilish.


 

Ish rejimi

8-00 dan 17-00 gacha 5 kunlik ish haftasi

Talab etiladigan hujjatlar

 Pаsport yoki  ID kаrtа, diplom yoki uning o‘rnini bosаdigаn hujjаt, mehnаt dаftаrchаsi, mа’lumotnomа (ob’ektivkа),harbiy guvohnoma yoki chaqiruv guvohnomasi,BARCHAHUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDAYUKLANISHILOZIM.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling