Safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar (fuqaro muhofazasi) bo‘yicha muhandis (TTUS zavodi filiali)

Safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar (fuqaro muhofazasi) bo‘yicha muhandis (TTUS zavodi filiali)

Kasb

Safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar (fuqaro muhofazasi) bo‘yicha muhandis

Ishjoyi

O‘zbekko‘mir   “Tog‘ – transport uskunalarini sozlash zavodii” filiali

Oklad

2 675 455 (9- razryad)

Yoshi

21

dan

 

gacha

Ma’lumoti

Oliy texnik ma'lumot (muhandislik-texnik yo'nalishlar bo'yicha)

Qo’shimchakvalifikatsiya

 

Ishtajribasi (staj)

Ishlab chiqarish korxonalarida rahbar lavozimlarida yoki muhandislik yo'nalishida kamida 3–5 yillik ish tajribasi kamida  3 yil

Bilishi kerak

O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”, “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida”, “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sanoatni rivojlantirish, davlat xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari. Vazirlar Mahkamasining safarbarlik tayyorgarligi, fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi qarorlari; Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) va Mudofaa vazirligining uslubiy va me'yoriy materiallari, yo‘riqnomalari. Zavodning profili, ixtisosligi, tuzilmasi (struktura), ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari va xavfli ishlab chiqarish omillari. Korxonaning safarbarlik tayyorgarligi rejalari, favqulodda vaziyatlarda va harbiy holatda ishlashga o‘tkazish bo‘yicha biznes-rejalar hamda tadbirlar rejalarini tuzish, kelishish va tasdiqlash tartibi. Safarbarlik buyurtmalari, maxsus vositalar va moddiy-texnik resurslarni zaxiralash bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasini tashkil etishda ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or korxonalar tajribasi. Iqtisodiy va mehnat qonunchiligi asoslari, xodimlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘qitish qoidalari. Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda normalari.

Ishning tavsifi

Korxonaning texnik siyosati, texnik rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish darajasini belgilaydi. Tarkibiy bo‘linmalar ishini tashkil etib, ularning samarali hamkorligini ta’minlaydi va faoliyatini mehnat unumdorligini oshirishga yo‘naltiradi. Xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifati, ishonchliligi va texnik estetikani ta'minlash hamda barcha turdagi resurslardan samarali foydalanishni nazorat qiladi. Biznes-rejalar, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish dasturlarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi. Yangi texnika, texnologiya, ilmiy-tadqiqot ishlarini joriy etish rejalarining bajarilishini tashkil qiladi. Assortimentni yaxshilash, raqobatbardosh va yangi turdagi mahsulotlarni yaratish ishlarini boshqaradi. Texnik hujjatlarning o'z vaqtida tayyorlanishini ta'minlaydi, kompyuter texnikasini joriy etish hamda boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish choralarini ko'radi.

Ishrejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ishkuni

Talab etiladiganhujjatlar

Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka). BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling