|
Kasb |
Xaridlar transformatsiyasi bo‘limining xaridlarni tashkil etish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi (transformatsiya yo‘nalishi bo‘yicha) |
|||
|
Ish joyi |
“O`zbekko`mir” AJ |
|||
|
Oklad |
3 369 377 so`m (11-razryad) |
|||
|
Yoshi |
30 |
dan |
- |
gacha |
|
Ma’lumoti |
Iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, statistika, matematika, logistika yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot. |
|||
|
Qo’shimcha kvalifikatsiya |
|
|||
|
Ish tajribasi (staj) |
Xaridlar, tahlil, moliya-iqtisodiyot, narxlarni tahlil qilish yoki ta’minot zanjiri yo‘nalishlarida kamida 3 yil ish tajribasi. |
|||
|
Bilishi kerak |
xaridlarni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari; xarid jarayonlarining asosiy bosqichlari va tartiblari; xaridlarni transformatsiya qilish va biznes jarayonlarini takomillashtirish usullari; xaridlar jarayonlarini optimallashtirish va standartlashtirish tamoyillari; loyiha boshqaruvi asoslari; xaridlar samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) va ularni baholash usullari; xarid jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatlari; yetkazib beruvchilar bilan ishlash va tijorat takliflarini baholash asoslari; tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va hisobot yuritish tartibi; xaridlar sohasidagi qonunchilik va tashkilotning ichki me’yoriy hujjatlari; MS Office, ayniqsa Excel va boshqa amaliy tahliliy vositalardan foydalanish. |
|||
|
Ishning tavsifi |
Tashkilotning xarid jarayonlarini takomillashtirish va transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish. Amaldagi xarid jarayonlarini o‘rganish, tahlil qilish va ularning samaradorligini baholash. Xarid jarayonlaridagi ortiqcha, takrorlanuvchi va samarasiz operatsiyalarni aniqlash hamda ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Xaridlarni tashkil etishning yagona, standartlashtirilgan va samarali yondashuvlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish. Xarid jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish, soddalashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Xarid jarayonlarining biznes-jarayonlari, reglamentlari, yo‘riqnomalari va metodik hujjatlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish. Xaridlar transformatsiyasi bo‘yicha yo‘l xaritalari, tadbirlar rejalari va loyihalarni amalga oshirish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish. Transformatsiya loyihalarining belgilangan muddatlar, ko‘rsatkichlar va natijalarga muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilish. Xaridlar samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va jarayonlarning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish. Xarid jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatlarini aniqlash hamda tegishli IT-yechimlarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
|||
|
Ish rejimi |
08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni |
|||
|
Maxsus va qo'shimcha shartlar |
|
|||
|
Talab etiladigan hujjatlar |
Pasport yoki ID karta, diplom yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma (ob’ektivka)BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM. |
|||