Bosh mutaxassis (xavflarni boshqarish bo‘yicha) Ijro apparati

Bosh mutaxassis (xavflarni boshqarish bo‘yicha) Ijro apparati

Kasb

Bosh mutaxassis (xavflarni boshqarish bo‘yicha)

Ish joyi

“O‘zbekko‘mir” AJ Ijro apparati

Oklad

4 723 280 so`m (12-razryad)

Yoshi

25

dan

 

Gacha

Ma’lumoti

Iqtisod, moliya, soliq va audit yo'nalishlari bo'yicha oliy ma'lumot (shundan bittasi)

Qo‘shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

mutaxassisligi bo'yicha kamida uch yillik ish tajribasi

Bilishi kerak

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari; ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari;

mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong'indan himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalari.

Ishning tavsifi

Jamiyat faoliyatida moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish va boshqarish (keyingi o‘rinlarda - xavflarni boshqarish), shu jumladan, xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish (oldini olish, bartaraf etish) va monitoring yuritilishini samarali ta’minlash.

- strategik rejalashtirishga mas’ul tuzilmalar tomonidan tizim faoliyati va maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish bilan bog‘liq moliyaviy, operatsion hamda ichki nazoratga oid aniqlangan xavflarning ro‘yxati shakllantirilishi va yangilab borilishini ta’minlash;

- davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan xavflarni bartaraf etish;

- xavflarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini samarali tashkil etish;

- har chorak yakuni bo‘yicha xavflarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda ularning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha muhokama qilish;

- normativ-huquqiy hujjatlar va huquqni qo‘llash amaliyotidagi xavflarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi ziddiyatlarni bartaraf etish, tegishli normalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- xavflarning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash.

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

 

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki  ID karta, diplom yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma (ob’ektivka)BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling