|
Kasb |
Montaj va sozlash uchatkasi sozlash va sinov ishlari bo‘yicha yetakchi muhandis |
||||
|
Ish joyi |
“O‘zbekko‘mir” AJ “Energetika tarmoqlari filiali” |
||||
|
Okladi |
4 000 440 so'm gacha (8- razryad) |
||||
|
Yoshi |
|
||||
|
Ma’lumoti |
Oliy |
||||
|
Qo‘shimcha kvalifikatsiya |
Oliy, va muhandislik va boshqaruv lavozimlarida mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil ish tajribasi. |
||||
|
Ish tajribasi |
Ko‘mir sohasida kamida 3 yil |
||||
|
Bilishi kerak |
Bajariladigan ishlar masalalari bo‘yicha direktiv va farmoyish beruvchi hujjatlar, uslubiy va me’yoriy materiallar; korxonaning (korxona bo‘linmalarining) texnik rivojlanish istiqbollari va faoliyat xususiyatlari; ishlatiladigan texnik vositalar, materiallarning ishlash tamoyillari, texnik tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari va ularning xususiyatlari; hisoblash texnikasi, kommunikatsiya va aloqaning zamonaviy vositalari; tadqiqot usullari, ishlarni bajarish qoidalari va shartlari; texnik hujjatlar, materiallar, buyumlarga qo‘yiladigan asosiy talablar; texnik hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish bo‘yicha amaldagi standartlar, texnik shartlar, nizomlar va yo‘riqnomalar; texnik hisob-kitoblarni o‘tkazish va tadqiqotlar hamda ishlanmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari, fan va texnika yutuqlari, tegishli faoliyat sohasidagi ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalar; iqtisodiyot, mehnatni tashkil etish va boshqarish, mehnat qonunchiligi asoslari; mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari. |
||||
|
Ishning tavsifi |
Loyihalash, qurilish, axborot xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish, metrologik ta’minot, texnik nazorat va shu kabi ilmiy-texnik faoliyat sohalarida muhandislik ishlarini bajaradi. Uslubiy va me’yoriy hujjatlarni, texnik hujjatlarni, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqadi. Texnik-iqtisodiy tahlil o‘tkazadi, qabul qilinayotgan va amalga oshirilayotgan qarorlarni kompleks asoslaydi, ishlarni (xizmatlarni) bajarish siklini qisqartirish imkoniyatlarini izlaydi. Ularni bajarish jarayonini tayyorlashga, korxona bo‘linmalarini zarur texnik ma’lumotlar, hujjatlar, materiallar, asbob-uskunalar va boshqalar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi. Korxona (korxona bo‘linmalari) loyiha va dasturlarini tadqiq qilish, ishlab chiqish ishlarida, uskunalarni sinash va ularni foydalanishga joriy etish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi. Texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, asbob-uskunalar va materiallarni standartlashtirish, texnik hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda bajarilayotgan ish masalalari bo‘yicha zarur sharhlar, mulohazalar va xulosalar tayyorlash ishlarini bajaradi. Axborot, texnik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar va ish natijalarini o‘rganadi va tahlil qiladi, ularni umumlashtiradi va tizimlashtiradi, zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Ish jadvallari, buyurtmalar, yo‘riqnomalar, tushuntirish xatlari, xaritalar, chizmalar va boshqa texnik hujjatlarni tuzadi. Loyiha va dasturlar, reja va shartnomalarni amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi. Texnik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi va uskunadan foydalanishni nazorat qiladi. Belgilangan talablar, amaldagi normalar, qoidalar va standartlarga rioya etilishini nazorat qiladi. Xodimlarning ilmiy-texnik bilimlarini oshirish ishlarini tashkil etadi. Ijodiy tashabbuskorlik, ratsionalizatorlik, ixtirochilikni rivojlantirishga, mamlakatimiz va xorijiy fan, texnika yutuqlarini joriy etishga, ilg‘or tajribadan foydalanishga ko‘maklashadi. |
||||
|
Ish rejimi |
08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni |
||||
|
Maxsus va qo‘shimcha shartlar |
Ayollar uchun taqiqlanadi |
||||
|
Talab etiladigan hujjatlar |
Pasport yoki ID karta, rezyume (obyektivka) diplom (bo’lsa), mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat. BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.) |